O‘zLiDeP sayyor qabuli: uchquduqlik fuqaroga 7 million so‘m imtiyozli kredit beriladi

10.06.2018, 10:52

O‘zLiDeP sayyor qabuli: uchquduqlik fuqaroga 7 million so‘m imtiyozli kredit beriladi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan Uchquduq tumanidagi  “Shalxar” ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda tuman hokimligi, tuman adliya bo‘limi, bandlikka ko‘maklashish markazi, tuman soliq inspeksiyasi, “Mikrokreditbank”, “Milliy bank” vakillari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda shu hududda yashovchi Altin Ijbosarova yashab turgan uyining tom qismi tabiiy ofat tufayli yaroqsiz ahvolga kelib qolgani, uyni ta’mirlash uchun  iste’mol krediti olmoqchi ekanini aytib, mutasaddilardan kam foizli kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Uning murojaati “Mikrokreditbank” tuman filiali xodimi Jahongir Jabbarov tomonida nazoratga olinib, fuqoroga imtiyozli 7 mln so‘m kredit beriladigan bo‘ldi. Shuningdek, “Shalxar” OFYda yashovchi Marjangul Ayjanova hamda Ruqiya Mergenbayevalar 12-13 yillik ish staji bilan pensiyaga chiqqaniga qaramay, kam pensiya olayotganini aytib, shu masalaga oydinlik kiritishda amaliy yordam so‘radi. Kenes Narchayev esa budjet tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarga zararli hududda ishlagani uchun qancha miqdorda ustama to‘lanishi bo‘yicha savol berdi.  

Har ikki masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi F.Mamajonov pensiya jamg‘armasi va tuman moliya bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborishga va’da berdi.

Q.EShQAROYEVA,

O‘zLiDeP Uchquduq tuman

Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1102
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдували Холиқов-Навоий вилоят Кенгаши депутатлик гуруҳлари билан ишлаш бўлими мудири2018-06-11 17:25:05

Партиямиз томонидан ўтказилаётган саййор қабулларда кўпгина халқимизни қийнаб келаётган муаммолар ҳам ўз ечимини топмоқда.


O'zLiDeP Навоий вилояти Конимех тумани бўлими аппарат раҳбари А.Жайнаров2018-06-11 17:19:59

O‘zLiDeP сайёр қабуллари ҳалқимизни муоммаларига ечим бўлаётгани қувонарли холдир.


С.Маматова Навоий вилояти Хатирчи тумани2018-06-11 14:29:46

Ўтқазилаётган бундай сайёр қабуллар натижасида хал бўлаётган муаммолар бу халқ орасида партиямиз депутатларимизга бўлган ишончни янада мустаҳкамлашига ишонаман!


Илхом ИСЛОМОВ ЎзЛиДеП Нурота туман бўлими, депутатлик гуруҳи ижрочи котиби2018-06-11 09:27:30

Партиямиз томонидан ўтказилаётган сайёр қабуллар аҳоли муаммоларининг ечимидир.....Учқудуқлик қизларимизга келгусидаги ишларида омад тилайман. Халқни дарди билан яшашдан чарчаманглар...


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-06-11 08:45:06

Партиямиз томонидан ўтказилаётган бундай сайёр қабуллар натижасида аҳолини қийнаб келаётган кўплаб муаммолар амалий ечимини топмоқда.


Fikringizni qoldiring

+