Bo‘sh yerlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga beriladi

14.06.2018, 15:30

Bo‘sh yerlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga beriladi

Prezidentimizning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori yurtimizdagi har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan muhim tarixiy hujjat bo‘ldi. Negaki, mazkur hujjatda har bir oilani tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va munosib daromad olib, farovon yashashi uchun nima qilish kerak bo‘lsa, barchasi nazarda tutilgan.

Aytish joizki, ushbu dastur mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi. Dasturda aholiga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit taqdim etish bo‘yicha aniq, sodda va hayotiy normalarning belgilanganini alohida ta’kidlash joiz.

Tadbirkor sifatida shuni ta’kidlamoqchimanki, ba’zida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarimiz, ayollarimiz hamda yurtdoshlarimizda yaxshi va istiqbolli innovatsion g‘oyalar, uni amalga oshirish uchun sharoit, salohiyat va yetarli bilim hamda tajriba bo‘ladi, ammo g‘oyani amalga oshirish uchun yetarlicha mablag‘ yo‘qligi, tijorat banklari tomonidan esa garov ta’minot talab etilishidan mazkur g‘oyalar g‘oyaligicha qolib ketish holatlari ko‘plab uchrardi.

Dasturda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda shuningdek, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi asosida eng kam ish haqining ming baravarigacha imtiyozli kreditlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Asosiysi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha imtiyozli kreditni rasmiylashtirish uchun ortiqcha qog‘ozbozlik, yugur-yugurlar talab etilmaydi. Dasturning hayotiy va xalqchilligi shundaki, unda faqat kredit berish bilan cheklanilmaydi, balki, ilgari umuman tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholi qatlamiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu tashabbus samaradorligini ta’minlash maqsadida ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish – mini-klasterlar tashkil etiladi. Qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga hech qanday mo’neliksiz beriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, Davlatimiz rahbarining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi mazkur qarori orqali har bir oilaga kirib borib, ularni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ko‘nikma shakllantiriladi. Bu esa birinchi navbatda, xalqimizning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, qolaversa, hududlarni obod qilishga xizmat qiladi.

Sayyora SALIMOVA,

 O‘zLiDeP faoli,

 Tayloq tumani

“Eko planet”MChJ rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2189
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акмал Мирзоев Шарофиддинович2018-06-18 19:42:37

Хакикатдан хам "Ҳар бир оила – тадбиркор” дастурини амалга ошириш тўғрисида”ги мазкур қарор орқали ҳар бир оилага кириб бориб, уларни тадбиркорликка жалб этиш бўйича кўникма шакллантирилади.


Олтибоев Ўрол,Сурхондарё. партиянинг Мафкуравий,ташвиқот-тарғибот ишлари бўйича бўлим мудири2018-06-14 15:45:25

муҳтарам Президентимизнинг мазкур қарори қишлоқда мулкдор сафининг янада кўпайиши ва пировард натижада аҳоли турмуш фаровонлиги юксалишига хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+