Qishloq xo‘jaligi sohasida qat’iy nazorat o‘rnatish – O‘zLiDePning ustuvor vazifasidir
20.06.2018, 09:47

O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tashabbusi bilan “Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasidagi tizimli nazorat masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar keng muhokama qilindi.
– O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida dunyoda 64-o‘rinda turadi, – deydi Nurobod tuman hokimligi iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i, O‘zLiDeP faoli G‘ayrat Musurmonov. – Vaholanki, bir yil oldin mamlakatimiz mazkur reytingda 75-o‘rinda edi. Yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida samarali ishlar olib borilayotganligi sababli yurtimiz dunyo reytinglarida yildan-yilga yuqorilab borayotir.
Tadbirda Prezidentimizning yuqoridagi qarori mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish – O‘zLiDeP oldidagi muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Baxtigul QARShIYEVA,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi
06.10.2023, 14:02
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
-
Tajribali tadbirkor olotlik yoshlar bilan uchrashdi
14.09.2023, 11:37
Bildirilgan fikrlar
Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-06-20 23:09:11
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Агросаноат мажмуи ва озиқ-овқат хавфсизлиги таъминланиши устидан назорат қилиш инспекцияси фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори ўз вақтида қабул қилинган муҳим қарор бўлиб, уни жойларда ижросини назорат қилиш ҳар бир депутатлик гуруҳининг асосий вазифаларидан биридир.
Н.Атаназаров Косон туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гурухи рахбари2018-06-20 10:48:04
Президентимизнинг “Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Агросаноат мажмуи ва озиқ-овқат хавфсизлиги таъминланиши устидан назорат қилиш инспекцияси фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори айни вақтда қишлоқ хўжалигига муҳим қарордир.