Prezidentimiz tavsiyalari ertamizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi

20.06.2018, 10:16

Prezidentimiz tavsiyalari ertamizga  bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi

Davlatimiz rahbarining joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida viloyatimizga tashrifi yutuqlar bilan birga mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligini ham ko‘rsatib berdi. Quvonarlisi, bu tashrif barcha farg‘onaliklar qalbida bugunidan shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Ta’kidlash  joiz, Prezidentimiz 2017 yil 22-23 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida qurilish-bunyodkorlik ishlarini keng ko‘lamda davom ettirish, turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. O‘tgan davr mobaynida mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma ob’ektlari bunyod etildi. Shu bois yurtboshimiz bu galgi   tashrifi davomida mazkur topshiriqlar ijrosi bilan tanishish barobarida  yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbari dastlab Quva tumanida yangi barpo etilgan “Farg‘ona anorchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma bilan tanishdi.  Aytish joiz, umumiy maydoni 300 gektardan oshiq mazkur agrofirmaning 289 gektariga 15 ga yaqin navli 272 ming tupdan ziyod anor ko‘chati ekilib, parvarishlanmoqda. E’tiborli jihati, ushbu agrofirmada 500ga yaqin kishining bandligi ta’minlangan. 2025 yilgacha anorzor maydonini 2 ming gektarga yetkazish rejalashtirilgan. Anorzor to‘liq hosilga kirgach, yiliga 10 ming tonna mahsulot yetishtiriladi. Tashrif chog‘ida yurtboshimiz anor yetishtirish, uni saqlash va qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar, tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng, davlatimiz rahbari Oltiariq tumanidagi “Ismoil Nozim obod” fermer xo‘jaligi dalasida viloyat dehqon va fermerlari bilan uchrashdi. Qizg‘in muloqotlar chog‘ida yurtboshimiz g‘alla o‘rimi, g‘o‘zalar holatini ko‘zdan kechirish barobarida g‘alla hosilini yig‘ib olish, g‘o‘zadan kafolatlangan hosil yetishtirish va takroriy ekinlar ekish o‘ta muhim ekanini ta’kidladilar. Iqlim va ob-havo sharoitidan kelib chiqib, suvdan oqilona foydalanish, serhosil ekinlarni yetishtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdilar.

To‘g‘risi, Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida hech bir masala e’tibordan chetda qolmadi. Qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat, sport, qo‘yingki, barcha sohalarni yanada rivojlantirish, joylarda uchrayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligini ta’kidladilar.  

Ta’kidlash kerak, ikki kunlik tashrif chog‘ida berilgan topshiriqlar barcha soha vakillari qatori partiyamiz a’zolari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bois belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini yanada rivojlantirish, eng asosiysi, aholini hayotdan rozi qilish bo‘yicha istiqbolli vazifalarni belgilab oldik. Zotan, yurtboshimizning bu tavsiyalari boshlagan ishimizning ertasi porloq ekaniga ishonchimizni yanada mustahkamladi.

R.KAMOLOV,

 O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2018-06-25 06:09:50

Юртбошимизни вилоятларга ташрифи ҳар бир жойда инновацион ғояларни ривожланишига замин яратмоқда. Халқимизни турмуш фаровонлиги яхшиланмоқда. Чекка ҳудуларимизда ҳам ривожланиш олдинга чиқиб олди.


Тошкент Ёшлик т.ш. Кенгаши аппарат рахбари Н.Закирова2018-06-23 00:07:12

Юртбошимиз ташаббуслари билан Обод кишлок лоихаси жойларда кенг таргибот этилиб Обод куча Намунали махалла лоихалари кенг жамоатчилик билан биргаликда амалга оширилаяпти.Бу борада купгина кучаларимиз ва махаллалар тартибга келтирилиб хозирда катта ишлар амалга оширилмокда.Бу лоихада шахар туман депутатларининг мехнатлари катта булмокда.Уйлаймизки агар хар биримиз уз ишимизга маъсулият билан ёндошсак келажакда Юртимиз обод улкага айланади.


Н.Турсунова O‘zLiDeP Ўзбекистон тумани Кенгаши ижрочи котиби2018-06-21 11:56:28

Президентимизнинг Фарғона вилоятига ташрифи барча соҳа вакилларини, шу билан бирга ахолини қувонтирди. Чунки Юртбошимизнинг олиб бораётган ислохатларини замири мана шу ахолининг янада яхши яшаша, тинчлик ва осойишталигини сақлаш учундир. Биз бундан жуда хурсандмиз ва Президентимизнинг олиб бораётган сиёсатларини қўллаб-қувватлаймиз.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-20 23:13:15

Prezidentimizning Viloyatlarga tashriflari davomida juda ko'p muammolar o'z echimini topmoqda va ishlar ozining ijobiy samaralarini bermoqda.Xalqning turmush tarzi yanada yaxshilanib shahar va qishloqlarimiz obodonlashtirilmoqda.


Олтинсой туман Кенгаши ижрочи котиби Ш.Худайқулова2018-06-20 15:46:48

Президентимизнинг қилаётган улкан ишлари мамлакатимиз равнақи учун хизмат қилмоқда.


М.Абдиримов ЎзЛиДеП Ҳазорасп туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари - аппарат рахбари2018-06-20 13:51:16

Давлатимиз раҳбарининг жойларда амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари, йирик лойиҳалар билан танишиш ва халқ билан мулоқот қилиш мақсадида вилоятларимизга ташрифлари давомида ютуқлар билан бирга мавжуд камчиликларни ўз вақтида бартараф этиш зарурлигини ҳам кўрсатиб бердилар. Юртбошимизнинг бу тавсиялари бошлаган ишларнинг эртаси порлоқ эканини билдиради.


М.Умаров O‘zLiDeP Навоий вилоят Кармана туман аппарат раҳбари2018-06-20 13:14:45

Анорни миллий брендга айлантириш учун киладиган ишларида омад тилаб қоламиз фарғоналик деҳқон фермерларимизга


Соибжон Толипов2018-06-20 11:18:14

Давлат раҳбарининг 2016 йил 11 ноябрдаги «2017-2020 йилларда шаҳарларда арзон кўп қаватли уйларни қуриш ва реконструкция қилиш дастурини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ вилоятда барпо этилиб фойдаланишга топширилган кўп қаватли уйларда оилалар учун барча шарт-шароитлар яратилган. Бунинг учун муҳтарам Президентимизга миннатдорчилик билдирамиз.


З.Рахмонова Қува туман Кенгаши раис ўринбосари, аппарат рахбари 2018-06-20 11:16:56

Қува туманида ташкил этилган "Фарғона анорчилик" маъсулият чекланган жамияти Қува анорини бутун дунега танитади шу билан биргаликда республикамиз иқтисодиётига катта ҳисса қўшади анорни 1000 дардга даво дейилади биз қуваликлар анорни 1001 бир дардга даво деймиз.


У.Боймуродов O‘zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат рахбари2018-06-20 10:44:51

Президентимизнинг вилоятларга ташрифи давомида ҳеч бир масала эътибордан четда қолмади. Қишлоқ хўжалиги, таълим, маданият, спорт, туризм, саноат, хизмат кўрсатиш ва сервис соҳаларини жадал ривожлантирилмоқда. Ахоли турмуш шароити яхшиланмоқда. Энг асосийси, аҳолини ҳаётдан рози қилиш бўйича истиқболли вазифаларни белгилаб бермоқдалар.


Fikringizni qoldiring

+