Samarqandda kattaqo‘rg‘onlik tomorqachi Zubaydulla ota Mirzayev tajribasi ommalashtirilmoqda

21.06.2018, 17:56

Samarqandda kattaqo‘rg‘onlik tomorqachi Zubaydulla ota Mirzayev tajribasi ommalashtirilmoqda

Kattaqo‘rg‘on tumani “Kichchikko‘rpa” mahallasida yashovchi Zubaydulla Mirzayev 12 sotixlik  yer maydonidan yiliga 4 marta hosil oladi. Shuni evaziga otaxon bir yilda 100 million so‘m daromad ko‘radi.

Zubaydulla otaning dehqonchilik tajriba maktabini ommalashtirish maqsadida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanida “Tomorqa – beminnat daromad manbai” mavzuida amaliy muloqot uyushtirildi.

Tadbirga Kattaqo‘rg‘on shahar, Ishtixon, Oqdaryo, Narpay tumanlaridan o‘z tomorqasida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan hamyurtlarimiz taklif etildi.

–60 yildan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullanaman. Bu kasb menga ota meros, – deydi otaxon. – 12 sotixlik tomorqamizda 5x5 oralig‘ida gilos ko‘chatlarini  ekkanman. Giloszor orasidagi maydonda yiliga 2 marotaba bodring va rediska yetishtiraman. To‘g‘risi, bo‘sh yotgan yerlarni ko‘rsam  jonim achishadi. So‘rasangiz, suvni muammo qilishadi. Bizni vohada 12 metrli trubani yerga qoqib, bitta nasos o‘rnatsa suv muammosi bartaraf etiladi.  Faqat unga qunt bo‘lsa bas.

Tadbir davomida viloyatning turli go‘shalaridan kelgan tomorqachilar tajribali dehqondan ekin ekishning barcha sir-asrorlarini o‘rgandi.

–Shaharda yashasamda 6 sotixlik tomorqamiz bor, – deydi Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi Ergashjon Mamatov. – Endi bugundan boshlab Zubaydulla Mirzayevga shogird tushmoqchiman. Chunki otaxondan dehqonchilik sirlarini o‘rganib, tomorqamizda tadbirkorlik qilishni niyat qildim.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT Tomorqa
  • Ko'rildi
    1256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-22 22:10:26

Гилосни хосилини хам хисобласангиз Зубайдилло хожи ота томоркасидан беш марта хосил оладилар.Махалладаги бошка томорка эгаларидан фойдали маслахатларини аямайдилар.


Э.Раимқулов ЎзЛиДеП Жиззах вилояти Ш.Рашидов тумани2018-06-22 15:31:48

Зубайдулла ота каби кексаларимиз биз ёшларга амалий харакатлари билан намуна бўлишмоқда! Ёшлар керак бўлса ўн баравар кўпроқ ишлашимиз ва Ватан тараққиётига хисса қўшишимиз керак.


O‘zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалар ва фермерлар билан ишлаш булими мудири Т.Абдуллаев2018-06-22 11:43:47

худди шундай дехқонларимиз сафи янада купаявирсин.


ЎзЛиДеП Термиз шаҳар аппарат кенгаши раҳбари Абдуҳамид Ойтуганов2018-06-22 09:18:48

Зубайдулла отага ўхшаган деҳқон боболаримизнинг ишини телевидение орқали кўпроқ оммалаштириш керак.


М.Умаров O‘zLiDeP Навоий вилоят Кармана туман аппарат раҳбари2018-06-21 18:43:12

Зубайдулла отанинг деҳқончилик тажриба мактабини оммалаштириш яхши бўлибди.Томорқасига нима экишни қандай даромад олишни билмаётган аҳолимизга ўрнак бўлади,отахонга куч-қувват тилайман.


Fikringizni qoldiring

+