Navoiyda “Kelajak deputatlari” guruhi a’zolari malakasi oshirildi

22.06.2018, 07:11

Navoiyda “Kelajak deputatlari” guruhi a’zolari malakasi oshirildi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi Zarafshon shahar Axborot-resurs markazi va Zarafshon shahar hokimligi bilan hamkorlikda yoshlar forumini  tashkil etdi.

Forumda partiya viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, “Yoshlar qanoti” faollari, tuman hokimligi, Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, uyushmagan yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda malakali mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikni boshlash sirlari, innovatsion loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlari, xorijdan investitsiya jalb qilishni afzalliklari, yurtimiz va jahon hamjamiyatida ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlar, respublikamizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan amalga oshirilayotgan  ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

– O‘g‘limning bolalikdan siyosiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqishi baland, – deydi “Kelajak deputatlari” guruhi a’zosi Shaxboz Ravshanovning onasi Zarifa Nazarova. – Shu bois, u 18 yoshga to‘lishi bilan O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi. Partiya tomonidan o‘tkazib kelinayotgan turli tadbir va tanlovlarda ham doim faol ishtirok etib keladi. Ayniqsa, uning partiya mahalliy kengash deputatlari bilan birga aholi orasiga tushib oddiy odamlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni hal etayotgani, fuqarolar dardu tashvishiga sherik bo‘layotgani meni juda quvontiradi.

Forum doirasida yoshlar Zarafshon shahridagi “ORIANNA YARNS TEXTILE” MChJ shaklida tashkil etilgan O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. Korxona rahbari yig‘ilganlarni korxona faoliyati va tadbirkorlik sub’ektining ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirib, yoshlarning qiziqtirgan savolariga atroflicha javoblar qaytardi.

Forum yakunida ishtirokchilar O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

N.OTAMURODOVA,

O‘zLiDeP Zarafshon shahar bo‘limi

 apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1285
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-06-27 14:23:56

Ёшлар бизнинг нафақат ишончимиз ва келажагимиз, бугунги ва эртанги кунимизнинг буёндкорларидир.


Amirqulov Muhiddin Yoshlik talabalar shaharchasi kengashi 2018-06-27 12:11:13

Bunday tadbirlarning ko'plab o'tkazilishi mamlakatimiz kelajagi bo'lgan yoshlarda keng tassavur uyg'otib, o'ylangan rejalarini amalga oshirishda ko'nikma hosil qilib boraveradi.


М.Умаров O‘zLiDeP Навоий вилоят Кармана туман аппарат раҳбари2018-06-25 10:00:15

Ҳамкасбларимиз қилаётган ишлари таҳсинга лойиқ келгуси ишларида омад тилаб қоламан


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-24 17:21:36

Tuman Kengashlari qoshida tashkil qilingan Kelajak deputatlari guruhlari ishtirokchilari bilan bunday tadbirlarning o'tkazilishi,yoshlarimizda partiya faoliyatiga va deputatlik faoliyatiga bo'lgan qiziqish kuchli ekanligini ko'rsatmoqda.


Алишер Жайнаров2018-06-23 18:51:35

Ёшлар орасида ушбу каби тадбирларни кўпроқ ўтказиш мақсадга мувофиқ. Келажагимиз бунёдкорлари орасида ташаббускорлик , ишбилармонлик муҳитини юксалтириб бориш фаровонликни оширишга хизмат қилади.


Akbar2018-06-22 21:53:21

Shu forumni o'tkazgan barcha tashkilotchilarga katta rahmat.Tadbirkorlik haqidagi barcha savollarga javob berildi,tashkilotchilarga katta rahmat. Bunaqa forumlar ko'payib tursin.


Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2018-06-22 17:11:46

Ёшларимизга малакали мутахассислар томонидан тадбиркорликни бошлаш сирлари, инновацион лойиҳаларнинг ўзига хос хусусиятлари, хориждан инвестиция жалб қилишни афзалликлари тўғрисида берилган маълумотлар уларни бу борадаги билимини такомиллаштиради. Келажакда ўз йўлини топишда нималарга эътибор беришни ҳам билади. Партиямизни бундай тадбирлари ёшлармизга яна янги мкониятлар яратади.


Гулмира Амирова СТМ раҳбари Сурхондарё вилояти2018-06-22 16:15:13

Бундай гуруҳларнинг фаолияти ҳақиқатан ҳам келажакда ёш депутатларни кўпайишига хизмат қилади.


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши матбут котиби Мурод Эшназаров2018-06-22 15:56:12

Келажагимиз эгалари бўлган ёш депутатларимизнинг малакасини оширишимиз уларнинг сиёсий билим ва кўникмасини шакллантиради.


Акбар Алламов O'zLiDeP Сурхондарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими этакчи консултанти2018-06-22 15:50:58

“Келажак депутатлари” гуруҳларини ташкил этиш ёшларнинг истеъдодини амалга оширишга замин яратади.


Fikringizni qoldiring

+