O‘zLiDeP Gulnora Azimboyevaga tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashdi

27.06.2018, 18:11

O‘zLiDeP Gulnora Azimboyevaga tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashdi

Tayloqlik Gulnora Azimboyevani Samarqandlik tadbirkorlar yaxshi biladi. Chunki bugun tadbirkor tomonidan to‘qilgan kiyimboshlar ichki bozorlarda juda xaridorgir. Shu bois, yaqinda u faoliyatini yanada kengaytirib qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaror qildi.

Bu haqda u O‘zLiDeP Tayloq tuman Kengashi tomonidan “Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida” tadbirkorlik uchun biznes reja tuzish va uni texnik iqtisodiy jihatdan asoslash” mavzuida o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qildi.

Tadbirda O‘zLiDeP faoli, tuman tadbirkor ayol uyushmasi rahbari, S.Salimova so‘zga chiqib, mamlakatimizda ayollarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirdi.

–Tumanimizda shu kunga qadar 112 nafar ayol tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, – deydi O‘zLiDeP faoli S.Salimova. – Bir narsani quvonch bilan aytish mumkinki, bugun ularning soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Tayloq tuman kengashi raisi Z.Avazov  tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimizga biznes loyihalar tuzishda  partiya doim yordamga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tadbir so‘nggida partiya viloyat Kengashi tomonidan Gulnora Azimboyevaga tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kredit olishda ko‘maklashdi.

Baxtigul QARShIYEVA,

  O‘zLiDeP  Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1117
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Одилжон Эркабоев, Дангара туман Кенгаши раисининг 1-уринбосари-аппарат рахбари 2018-06-27 22:17:01

Гулнорахоннинг келгусидаги тадбиркорлик фаолиятига омадлар тилайман. Барчага Гулнорахондан ибрат олиб уз тадбиркорлигини бошлашини тилаб коламан.


O‘zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалар ва фермерлар билан ишлаш булими мудири Т.Абдуллаев2018-06-27 19:51:57

Гулнора Азимбоевани қилаётган тадбиркорлиги тахсинга сазовордир. ХУдди шундай тадбиркорларимиз сафи янада кенгаявирсин. Тадбиркорларни O‘zLiDeP хар томонлама қуллаб қуватлайди.


Исомов Акрам Жиззах вилоят Кенгаши2018-06-27 19:03:45

Матонатли Гулнора Азимбоевани қилаётган тадбиркорлиги тахсинга сазовордир. Тадбиркорлар ва ишбилармонлар кўпайиши республикамиз равнақи учун хизмат қилади.


Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-06-27 18:24:48

Етти мучаси соғ бўлиб, Ватанига йўқ-йўқ, Вилоятига йўқ-йўқ, туманига йўғай, ўзини киндик қони тукилиб туғилиб ўсган хонадонига заррача фойдаси тегмаётган "алплар, шерлар" га катта ибрат мактабидир. Иродали тадбиркор аёл Гулнора Азимбоевани келгусидаги фаолиятига омад тилаб қоламан.


Fikringizni qoldiring

+