O‘zLiDeP Jomboyda “Har bir oila – tadbirkor” dasturini keng muhokama qildi

29.06.2018, 16:29

O‘zLiDeP Jomboyda “Har bir oila – tadbirkor” dasturini keng muhokama qildi

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda  “Tadbirkor oila – farovon oila” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda Prezidentimizning 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

–Mazkur qaror mamlakatimizning har bir go‘shasida, eng avvalo, olis va iqlim sharoiti og‘ir hududlarda istiqomat qilayotgan aholining moddiy sharoitini yaxshilash, turmush sifati va darajasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan, – deydi O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi apparat rahbari Z.Yusupova. – Chunki dasturda aholiga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit taqdim etish bo‘yicha aniq va sodda me’yorlar belgilangan. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida olinayotgan imtiyozli kreditni rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozlik va yugur-yugurlar talab etilmaydi.                 

Tadbirda shuningdek, Qarorga muvofiq, eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda bo‘lgan kredit mablag‘lari oilaviy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari asosida berilishi ko‘zda tutilgani alohida ta’kidlandi.

–Bolalikdan tadbirkorlik faoliyatiga juda qiziqaman, – deydi Jomboy tuman yengil-sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Salimjon Farmonov. – Shu bois, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarimda o‘z hovlimizda qoramol boqaman. Davlatimiz rahbarining mazkur qarori tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan, sarmoyasi yo‘q yoshlar uchun katta imkoniyat eshigini ochadi.

Tadbirda mazkur qarorni har bir mahallada sodda va aniq misollar asosida aholi o‘rtasida kengroq targ‘ib qilish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1908
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-06-30 13:27:21

Давлат ташаббус кўрсатиб оддий аҳоли орқасида турибди.Таянч, суянч бўлиб. Ўйчи ўйини ўйлагунча таваккалчи ишини битиради деб бежиз айтилмаган.Албатта бундай имкониятлардан фойдаланиш керак.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-29 17:44:13

Мазкур қарор тадбиркорликни бошламоқчи бўлган, сармояси йўқ ёшлар учун катта имконият эшигини очади.


Гулмира Амирова СТМ рахбари Сурхонадрё вилояти2018-06-29 16:44:13

Бундай кенг кўламли ислохатларнинг амалга оширилиши ахолининг ижтимоий иқтисодий ахволини яхшиланишига хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+