Deputat ko‘magida “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahallasidagi maktabga malakali rus tili o‘qituvchisi keldi

05.07.2018, 16:31

Deputat ko‘magida “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahallasidagi   maktabga malakali rus tili o‘qituvchisi keldi

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish, oddiy odamlar dardu tashvishi bilan yashash eng ezgu fazilatlardan sanaladi. Shu bois, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari quruq majlisbozlikdan qochib, amaliy ishlarga o‘tmoqda.

25-sonli Xo‘jaqo‘rg‘on saylov okrugidan xalq deputatlari Qibray tuman kengashiga deputatlikka saylangan Sobirjon Muxtorov ana shunday xalq noiblaridan biri. Chunki u saylovchilar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan alohida shug‘ullanadi, hech bir masalani e’tibordan chetda qoldirmaydi.

Birgina misol. Yaqinda unga Qibray tumani “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahallasi A.Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqarolardan ichki yo‘llarni kapital ta’mirlash va elektr tarmoqlaridagi uzulishlarni bartaraf etish bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi. Ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborgan xalq noibining tashabbusi bilan oradan qo‘p vaqt o‘tmay muammo hal bo‘ldi.

– Bu muammolar bizni ko‘p yillardan buyon qiynaydi, – deydi “Xo‘jaqorg‘on” MFY raisi Z.Sagdullayev. – To‘g‘ri, shu masalada tegishli tashkilotlarga ko‘p marotaba murojaat qildim. Lekin natijadan darak bo‘lmadi. Oxir-oqibat o‘zimiz saylagan deputatdan ko‘mak so‘radik. Deputatga rahmat, uning tashabbusi bilan mahallamiz hududidagi qabriston obodonlashtirildi, elektr tarmog‘idagi uzilishlar bartaraf etildi, avariya holatiga kelib qolgan ko‘prigimiz qayta ta’mirlandi. Eng muhimi, mahallamizdagi 26-umumta’lim maktabiga malakali rus tili o‘qituvchisi keldi. Shu bois, mahalla ahli nomidan S.Muxtarovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. 

Ta’kidlash kerak, bugun deputat xizmatidan mahalla ahlining ko‘pchiligi minnatdor. Chunki u asosiy vaqtini odamlar bilan o‘tkazadi, xalqni rozi qilishga harakat qiladi.  

A.TUYChIYEV,

 O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+