Muammolarning yechimi sayyor qabulni kutayotgan edimi?

14.09.2017, 18:55

Muammolarning yechimi sayyor qabulni kutayotgan edimi?

Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda. Zero, aholi bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq va samimiy muloqotlar davomida oddiy odamlarni qiynab kelayotgan muammolarga qisqa fursatda yechim topilayotir.  

Aslida ham xalq dardini eshitish, murojaatlarini vaqtida ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish, eng muhimi, kimningdir hojati ravo etilishiga sababchi bo‘lish, avvalo, insonga hurmat namunasidir. Bunday xayrli ishlarda O‘zLiDePning ham munosib hissasi bor.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan sayyor uchrashuvning navbatdagisi Xatirchi tumani “Langar” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda aholidan kelib tushgan murojaatlar adolat mezoni asosida ko‘rib chiqilib, odamlar turmush darajasini yanada yaxshilash, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar belgilandi.

Murojaatlar asosan bankdan kredit olish, aholi bandligini ta’minlash, turar-joy, kommunal xizmat, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimiga aloqador masalalar, pensiya va nafaqa ta’minoti, tadbirkorlik rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarga oid bo‘lib, ularning aksariyati joyida hal etildi. 

–Mahallamiz hududidagi eski Maktabgacha ta’lim muassasasining tashqi tomonini ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi, – deydi “Langar” MFYda yashovchi fuqaro Muazzam Bobobekova. – Sayyor qabulda bu masalani Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi deputati Q.Shopo‘latov tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi bilan chiqib, hal etib berishga va’da berdi. To‘g‘risi, aholi murojaatlarining tezkor va joyida hal etilishiga xizmat qiladigan bunday samarali tizim yo‘lga qo‘yilgani odamlarni juda xursand qilmoqda.

Xatirchilik Latifa Minboyeva anchadan buyon ishsiz. To‘g‘ri, u ish so‘rab qator tashkilotlarga murojaat qildi. Biroq ayrim mutasaddilar: “bizda bo‘sh ish o‘rin yo‘q edi, keyinroq xabar oling” deyishdan nariga o‘tmadi. Sayyor qabulda esa uning murojaati ko‘rib chiqilib, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan yaqin kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.  

Muloqot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savol hamda murojaatlarga deputatlar, tumandagi tegishli tashkilotlar rahbarlari atroflicha javob berdi. Bir qator yechimtalab murojaatlar tuman deputatlari tomonidan deputatlik so‘rovi yuborish uchun yozib olindi. 

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati

 

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1343
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2019-04-29 15:21:23

Форум доирасида давлат раҳбарлари кўп томонлама ўзаро манфаатли алоқаларни янада мустаҳкамлаш, автомобиль, денгиз ва ҳаво йўли орқали алоқаларни ривожлантиришга келишиб олгани қайд этилди. Юксак сифатли, барқарор, инклюзив ва кенг кўламли инфратузилмани тараққий эттириш, иқтисодий йўлаклар ва зоналар фаолиятини ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратилди. Лойиҳаларнинг янада барқарор бўлиши, хорижий инвесторлар учун адолатли муҳитарнинг барчаси “Бир макон, бир йўл” лойиҳаси доирасидаги ҳамкорлик давлатимиз равнакига кенг йул очиб беришига аминмиз.


Fikringizni qoldiring

+