Tayloqlik fermer: birgina issiqxonaning o‘zidan 80 million so‘m daromad olishni maqsad qilganmiz

16.07.2018, 12:26

Tayloqlik fermer: birgina issiqxonaning o‘zidan 80 million so‘m daromad olishni maqsad qilganmiz

Dilshod Muhammadiyev Tayloq tumanidagi “Akmal Toshpo‘latovich” ko‘p tarmoqli  femer xo‘jaligi rahbari. 2006 yilda 17 gektar maydonda 5 nafar ishchi bilan faoliyatini boshlagan tadbirkor, hozir 40,5 gektar maydonda dehqonchilik qilmoqda. Dastlab g‘allachilik va pillachilikka ixtisoslashgan xo‘jalik ayni chog‘da  chorvachilik, baliqchilik, sabzavotchilik va issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

– Prezidentimiz ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini katta foyda berishi haqida bot-bot takrorlaydilar, – deydi D.Muhammadiyev. – Yurtboshimizning fikrlari to‘g‘ri ekanini o‘z tajribamda his etdim. Kelajakda rejalarimiz ko‘p. Hozirda 500-1000 tonna qishloq ho‘jalik mahsulotini saqlashga mo‘ljallangan (sovitish kamerasi) muzxona tashkil qilish harakatida yuribmiz. Agar loyihamiz amalga oshsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va xorijga eksport qilish imkoniyati tug‘iladi.

Ta’kidlash kerak, mazkur ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida 74 nafar ishchi-xodim mehnat qilyapti. Joriy yildan boshlab korxona faoliyati yanada kengaydi. U autsorsing tizimi orqali Samarqand viloyatidagi harbiy qismlardan biri va Samarqand shahridagi 60 maxsus maktab internatini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydi.

Darvoqe tinib-tinchimas D.Muhammadiyev joriy yil 20 sotixlik yer maydoniga issiqxona tashkil etib, pomidor  yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. U issiqxonadan 80 million so‘m daromad olishni rejalashtiryapti.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1376
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-17 10:59:15

“Акмал Тошпўлатович” кўп тармоқли фемер хўжалигининг ишларига янада ривож тилаймиз!


Saboxat Babayeva Sirdaryo viloyati "Ayollar bo'limi " mudiri2018-07-16 21:28:53

Yuqoridagi kabi fermer va tadbirkorlarimizning safi kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bu o'z navbatida yangi ishchi o'rinlari yaratilishiga olib kelmoqda. Xalqning faravon turmush kechirish darajasi ortmoqda


Saboxat Babayeva Sirdaryo viloyati "Ayollar bo'limi " mudiri2018-07-16 21:28:53

Yuqoridagi kabi fermer va tadbirkorlarimizning safi kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bu o'z navbatida yangi ishchi o'rinlari yaratilishiga olib kelmoqda. Xalqning faravon turmush kechirish darajasi ortmoqda


Исомов Акрам Жиззах вилоят Кенгаши2018-07-16 16:27:25

Янги иш уринлари яратиб, мамлакатимиз иктисодий ривожига хисса кушаётган тадбиркор ва фермерларга омадлар тилаймиз.


Андижон вилояти Булоқбоши тумани Кенгаши O‘zLiDeP депута О.Матғозиев 2018-07-16 15:58:31

Андижон вилояти Булоқбоши туманида Хар бир тадбиркорда мақсад катта бўлсагина интилиш эришишга бўлган ҳаракат шунга яраша бўлади. Давлатимизни келажагини ривожлантирадиган ана шундай тадбиркорларимиз сони ошгандан ошаверсин


Сергели туман ижрочи котиб М.Бозорова2018-07-16 15:37:38

Фермерларимизни олдига қўйган мақсадлари самарали бўлсин.


Сарвиноз Холматова Қизилтепа туман бўлими ижрочи котиби2018-07-16 14:44:17

Хар бир тадбиркорда мақсад катта бўлсагина интилиш эришишга бўлган ҳаракат шунга яраша бўлади.Бўлса бўлди бўлмаса ғавлаб кетди нақилида иш кўрадиган замонлар ортда қолди энди. Давлатимизни келажагини ривожлантирадиган ана шундай тадбиркорларимиз сони ошгандан ошаверсин.


Рахманова Гульнара КР Тахакупир туман Кенгаши 2018-07-16 14:32:56

Ана тадбиркор хакикий, озгина мехнат эвазига 80 млн даромад. Д.Муҳаммадиевнинг ишларини еш тадбиркорларимизга намуна сифатида кургазмали семинарлар ташкил килиш керак деган таклифлар бор


Fikringizni qoldiring

+