“Har bir oila – tadbirkor” dasturi oila farovonligi oshishining muhim omili
16.07.2018, 18:41

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi hamda O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.
Tadbirda Prezidentimizning joriy yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida hududda olib borilayotgan tizimli ishlar xususida fikr almashildi.
– Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda yuksak samara bermoqda, – deydi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi K.Djumamuratova. – Ushbu tarmoq yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalarning barqaror daromad manbasini shakllantirish va farovonligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi tadbirdan maqsad ham qaror mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish orqali oilaviy tadbirkorlar safini kengaytirishdan iborat edi va bunga oz bo‘lsada erishdik, deb o‘ylayman.
Tadbirda aholi tomonidan o‘rtaga tashlangan qator muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi va vaqt talab qiladigan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
Jumanazar QURBANOV,
O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
raisining birinchi o‘rinbosari,
apparat rahbari
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54
-
O`zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 100 nafarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
05.05.2023, 11:55
-
Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
Bildirilgan fikrlar
Jasur2018-09-12 14:42:31
Assalomu alaykum ! bizni JUMA shaxrida yosh oila uchun qachondan kredet berish faoliyati boshlanadi
Jasur2018-09-12 14:42:31
Assalomu alaykum ! bizni JUMA shaxrida yosh oila uchun qachondan kredet berish faoliyati boshlanadi
Furqatbek2018-08-06 16:34:29
Salom. Xorazm viloyatida tadbirkorlik qilish uchun qachon qridit ajratiladi qancha kutsa buladi. Oldindan raxmay
Турсунов Дилшод-Қарши туман Кенгаши депутати2018-07-17 14:17:04
Президентимизнинг “Ҳар бир оила- тадбиркор” дастурини амалга ошириш тўғрисидаги Қарори яна бир бор партиямиз фаоллари ва депутатлари фаолияти самарадорлигини оширишни талаб этади.
Маъмура Мелибоева Жиззах шаҳар2018-07-17 11:38:36
Президентимизнинг "Ҳар бир оила – тадбиркор” дастури тўғрисида”ги қарори фуқароларимизнинг тадбиркорликни бошлашлари учун кўплаб имтиётлар яратиб бермоқда
Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-17 11:08:32
"Ҳар бир оила – тадбиркор” дастури тўғрисида”ги қарори кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантиришда ўз самарасини бермоқда
Рахманова Гульнара Арзеновна КР Тахтакупир2018-07-17 09:56:40
Хурматли Президентимизнинг жорий йил 7 июндаги “Ҳар бир оила – тадбиркор” дастури ижросини таъминлаш борасида Республикамиз буйлаб барча ҳудудларда семинар укув, учрашувлар ташкил килиниб таргибот килинмокда. Бу дастур асосида хар бир ойланинг фарованлигини таъминлаш, давлатимиз тамонидан яратилаетган кенг имкониятлардан тугри фойдаланган холда тадбиркорликни йулга куйиш, ойлавий тадбиркорликни ривожлантириш оркали даромад топиш назарда тутилган.
Сергели туман Кенгаши ижрочи котиб М.Бозорова2018-07-17 09:37:39
Президентимизнинг 2018 йил 7 июндаги “Ҳар бир оила – тадбиркор” дастури тўғрисида”ги ПҚ-3777-сонли қарори ҳар бир оилани тадбиркорлигига замин яратиб беради. Ҳозирги кунда Президентимиз тадбиркорларга кўплаб имкониятлар яратиб бермоқдалар.