BPT faollari tomorqachilikni boshlaganlarga ko‘makdosh bo‘lmoqda (VIDEO)

17.07.2018, 17:25

BPT faollari tomorqachilikni boshlaganlarga ko‘makdosh bo‘lmoqda (VIDEO)

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi qoshida 100 ta BPT bor. Ayni chog‘da mazkur tayanch nuqtalar “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida qator targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. 

Quyi bo‘g‘in a’zolari uyma-uy yurib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini, bandlik darajasini o‘rganmoqda.

– Farzandlarim, kelin va nabiralarim bilan 2 sotixlik yerga limonariya tashkil etdik, – deydi “Sutbuloq” mahallasida yashovchi Abduhalil Egamberdiyev. –  Hozircha natija yomon emas. Shu yilning o‘zida limonariyadan 2.5 mln so‘mga yaqin sof daromad oldik. Endi yanada ko‘proq foyda ko‘rish uchun banan ko‘chatini parvarishlayapmiz. Agar ko‘chatimiz hosilga kirsa, daromadimiz yanada ko‘payadi.

Shu hududda yashovchi Xurshida Tilanqulova ham O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari maslahati va yordami bilan 4 sotix yerda issiqxona tashkil etgan fuqarolardan biri.

– Issiqxona tashkil qilishda 7 million so‘m mablag‘ sarflagan edik, – deydi X.Tilanqulova. – Birinchi hosildayoq, 3 mln. so‘mdan ortiq daromad oldik. O‘zLiDeP tavsiyasi bilan ekkan indeterminant navli ko‘chatimizning har bir tupi 10 kgdan ortiq hosil bermoqda. Kuzgi mavsumda bodiring ko‘chati ekishni ham rejalashtiryapmiz.

Yulduz YuLDAShEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT Tomorqa
  • Ko'rildi
    1267
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Санъат Исматов2018-07-18 17:25:00

Цель нашей акции было помогать простому народу чтобы они получали дополнительные доходы не выходя из дома. Читая такие статьи и видя семьи, которые смогли достичь чего то с помощью нашей партии я радуюсь и понимаю что мы работаем не зря.


Fikringizni qoldiring

+