Tinchlik – eng katta bunyodkorlik

31.08.2017, 19:08

Tinchlik – eng katta bunyodkorlik

Yurtimizda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, kelajakka ishonch tuyg‘usi mustahkamligining asosiy omili – tinchlikdandir. Ming shukrki, yurtimizda tinchlik, xotirjamlik. Mana shu ne’mat uyimizda fayz, baraka bor,  mamlakatimiz taraqqiyot yo‘llaridan shiddat bilan bormoqda. Eng muhimi, yurt osoyishtaligi bois, hayotimizda mazmun, faoliyatimizda baraka bor. 

Bu haqda Yangiyo‘l tumani “Nov” ko‘ptarmokli sihatgohi boshlang‘ich partiya tashkilotida mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Mustaqilligimizni asrab-avaylash, abadiyligini ta’minlash uchun barchamiz mas’uldirmiz” mavzuida tashkil etilgan   tadbirda alohida ta’kidlandi.

–Mustaqillik kuni – xalqimizning eng ulug‘, eng aziz ayyyomi, – deydi O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Mirahmedova. – Zero, mustaqillik bois milliy qadriyatlarimiz tiklandi. Boy ilmiy merosimiz, an’analarimiz qayta ko‘z ochib, farzandlarimiz ruhiyati, zehniyati bugun shu zilol buloqlardan yanada suv icha boshladi.  Hozirgi kunda hayotimizda kechayotgan har bir yangilanish o‘z ko‘lami, mazmun-mohiyati bilan dillarimizni ravshan etadi.  Shuning uchun ham ushbu ayyyomni munosib kutib olish va o‘tkazish borasida  joylarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. 

Tadbirda partiyaning faol xotin-qizlariga Fahriy yorlik va esdalik sovg‘alari topshirildi. Eng faol va tashabbuskor ayollar kadrlar zahirasiga olindi.

 O‘zLiDeP Toshkent viloyati

Kengashi matbuot xizmati.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1880
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+