Angrenlik partiyadoshlarimiz malaka oshirdi

19.07.2018, 17:52

Angrenlik partiyadoshlarimiz malaka oshirdi

Milliy qonunchilik, fan, texnika va texnologiyalarning eng ilg‘or yutuqlari asosida siyosiy ta’limni yo‘lga qo‘yish siyosiy partiya faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi ciyosiy ta’lim markazi tomonidan partiya  hududiy tashkilotlari apparat rahbarlari, mahalliy Kengashlardagi partiya  deputatlik guruhi rahbarlari hamda ijrochi kotiblari malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar ham ana shunday ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Ayni chog‘da mazkur o‘quvlarning respublika va viloyat bosqichlari yakunlanib, tuman va shahar bosqichlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

O’zLiDeP Angren shahar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan seminarda ham partiya shahar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, BPT raislari, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolarining bilim va malakasi oshirildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida interaktiv usullar qo‘llanilib, ishtirokchilarning o‘rganilayotgan mavzuni chuqur anglashi, o‘z fikrini erkin bayon etib, faol bo‘lishiga keng imkon berildi.

Ular kichik guruhlarga bo‘linib, partiya ishini samarali tashkil etish, uning tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, bo‘lajak saylovlarda faol ishtirok etish, jamiyatni isloh qilishda boshlang‘ich partiya tashkilotlari faolligi hamda partiya guruhlari tashabbuskorligini oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdi.

Seminar yakunida partiya shahar kengashi faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchilik va mumuammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot xizmati

 

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1010
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+