O‘zLiDeP faoli partiya ko‘magida sitrus meva ko‘chatlarini yetishtirish maktabini tashkil etmoqda

28.07.2018, 17:37

O‘zLiDeP faoli partiya ko‘magida sitrus meva ko‘chatlarini yetishtirish maktabini tashkil etmoqda

O‘zLiDeP Namangan viloyat va Norin tuman Kengashi mas’ul hodimlari “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi  “Boyovul” mahallasida yashovchi  Valijon  Mahmudov xonadoniga tashrif buyurdi.

Valijon ota 1989 yilda tumanda birinchilardan bo‘lib limon yetishtirishga qo‘l urgan mirishkorlardan biri. Otaxon limon parvarishlash va ko‘paytirish sirlarini puxta o‘zlashtirib, o‘z tomorqasida ko‘rkam bog‘ barpo etgan.

– Sitrus mevalarni parvarishlashga ishtiyoqim baland, – deydi Valijon ota. – Shu bois hovli chetida “Botanika bog‘i” tashkil etib, sitrus o‘simliklarning turli navlarini ko‘paytirib, parvarishlab kelyapman. Ayni chog‘da xonadonimizda yetishtirilayotgan limon ko‘chatlari ichki bozordan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

Ta’kidlash kerak, hozirga qadar tadbirkor 400ga yaqin xonadon egalariga limon parvarishlash sirlarini o‘rgatgan. Shu kunlarda esa O‘zLiDeP ko‘magida 1 gektar yer maydonida sitrus meva ko‘chatlarini yetishtirish maktabini tashkil etmoqda.   

Yulduz YULDASHEVA,

 Namangan viloyat

Kengashi  matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1771
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Орифжон Маҳмудов Наманган вилоят Кенгаши2018-07-30 16:44:29

Бу катта мактаб бўлади.


Хуршида Суюмова Наманган вилоят Кенгаши референти2018-07-30 12:22:12

Валижон отанинг ёшлари катта бўлишига қарамай, тиниб тинчимасликлари ҳавас қилса арзийди. Отахонга куч-қувват ва ишларига омад тилайман.Мана шундай тадбиркорларимиз кўпаяверсин!


Саттаров Иброҳим O"zLiDeP Наманган вилоят Кенгаши бўлим мудири2018-07-30 12:17:01

"Хар бир оила - тадбиркор" дастури доирасида Республикамизнинг барча худудларидаги Валижон отаМахмудов каби миришкор дехқонларимиз, тажрибали тадбиркорларимиз фаолиятларини янада оммалаштиришимиз, уларнинг кўп йиллик бой тажрибаларидан фойдаланиб, аҳолимизни тадбиркрлик фаолиятига янада кенгроқ йўналтиришимиз лозим.


Абдуарахманова Гулчехра2018-07-30 11:53:00

Боғдорчиликда инновациялар яратиш бўйича Валижон отадан ўрнак олиш керак. У инсоннинг шижоати барчада ерга бўлган меҳрни уйғотишида катта аҳамият эга.


Davlatbek Dedaxanov Namangan viloyat Kengashi xodimi2018-07-30 11:49:51

Yurtimizda shunday tadbirkor otaxonlarimiz ko`p bo`lsin shu bilan oila daromadi xam oshadi, oiladagi ishsizlar soni xam kamayadi. Xarbir oila o`rnak olsa arziydi.


Музаффар2018-07-30 11:43:18

Томорка яхши даромад манбаи, бундан фойдаланиш керак.


Муаззам Ахунбаева Наманган вилоят Кенгаши масъул ходими2018-07-30 11:40:10

Ҳар бир оила ўз томорқасидан мана шундай унумли фойдаланиб, шундай маҳсулотларни етиштирса, даромади ошади ҳам халқга фойдаси тегади. Валижон отанинг шижоати ёшларга ўрнак бўляпти


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-29 09:03:56

Yurtimizda Valijon otaga o'xshagan bog' sirlarini, mevalarni parvarishlash sirlarini kelajak avlodlarga o'rgatayotgan piri badavlat otaxonlardan ko'p bilimlarni o'rganishimiz lozim.


Fikringizni qoldiring

+