O‘zLiDeP “STYLE.UZ”da BPT tuzdi

29.07.2018, 14:03

O‘zLiDeP “STYLE.UZ”da  BPT tuzdi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan “STYLE.UZ” MChJda eng ulug‘, eng aziz bayram mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik tufayli mulkdor bo‘ldim” mavzuida amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Partiya viloyat Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda xususiy mulkka, tadbirkorlikka, xususan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor va shart-sharoitlar xususida so‘z bordi. 

 –Korxonamiz 2017 yilda tashkil etilgan, – deydi “STYLE.UZ” rahbari Sadriddin Qarshiboyev. – Dastlab 3 nafar ishchi-xodim bilan ish boshlagan bo‘lsak, bugunga kelib xodimlar soni 22 nafarga yetdi. Mijozlar talabiga qarab korxonamiz faoliyatini takomillashtirib borayapmiz. Kelgusida mahsulotlarimizni nafaqat ichki bozorda, balki xorijga eksport qilish niyatimiz ham bor. Qolaversa, shu kunlarda Samarqand shahrida turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyiha ustida ishlayapmiz. Mazkur ishlarni tashkil etish orqali yana 10 ish o‘rni yaratishni maqsad qilganmiz.    

Tadbir davomida bu kabi tadbirlarni aholi o‘rtasida ko‘proq tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir so‘nggida “STYLE.UZ”ning 6 nafar ishchi-xodimi partiya a’zoligiga qabul qilinib, korxonada O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.  

Qodir ShOYIMOV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

 O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1064
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бобожонова Р. Шовот туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-30 09:56:17

Партиямиз сафи кундан-кунга ортиб бормоқда


Бобожонова Р. Шовот туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-30 09:55:35

Партиямиз сафи кундан-еунга ортиб бормоқда


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-29 23:22:07

Partiyamiz safi ko'payaversin. A'zolarimiz qancha kop bo'lsa biz siyosiy ko'ch sifatida kuchliroq namoyon bo'laveramiz.


Fikringizni qoldiring

+