Anor Nosirova: mehnat bilan band bo‘lgan kishidan yomonlik ko‘rmaysiz!

29.07.2018, 14:24

Anor Nosirova: mehnat bilan band bo‘lgan kishidan yomonlik ko‘rmaysiz!

Tayloqlik Anor Nosirova tomorqasidan unumli foydalanib kelayotgan yurtdoshlarimizdan biri. U oila a’zolari bilan 18 sotix yerda dehqonchilik qiladi. Tomorqasida 50 tupdan ortiq uzum, qaroli, olcha, shotut, olma kabi mevali daraxtlar bor. Bog‘ oralariga esa qulupnay, piyoz va sabzavotlar ekilgan.

Onaxon “Mehnat insonni ulug‘laydi” naqliga amal qilib, Sariosiyo mahallasidagi fermer xo‘jaliklarining biridan 2 gektar yer maydonini ijaraga oldi. Unda tokzor tashkil etib, bog‘ atrofiga olcha, yong‘oq, qaroli kabi daraxt ko‘chatlarini ekdi. Tokzor oralariga esa no‘xat, pomidor, lavlagi kabi sabzavotlarni yetishtirmoqda.

 –Oilada 10 kishimiz, bolalarim yonimda ko‘makdosh,– deydi A.Nosirova. – Dehqonchilik orqasidan ro‘zg‘orimiz obod. Insondagi hamma salbiy xususiyatlar bekorchilikdan kelib chiqadi. Mehnat bilan band bo‘lgan kishidan yomonlik ko‘rmaysiz. Bundan tashqari, mehnat odamga halol non topib yeyishga o‘rgatadi.   

Ta’kidlash kerak, O’zLiDeP Tayloq tuman Kengashi tomonidan “O’zLiDeP o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida hududda Anor opa kabi tadbirkorlar soni kun sayin ko‘paymoqda.

Baxtigul QARShIYEVA,

Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT Tomorqa
  • Ko'rildi
    1435
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Н.Рузиева Навоий вилояти, Учқудуқ туман бўлими аппарат раҳбари 2018-07-30 14:34:55

Ўз томорқасидан унумли фойдаланиб даромад олаётган оилалар кўп сонли хонадонларга чин маънода ўрнак бўлса арзийдиган оилалардир .


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-07-30 08:47:11

Мехнат туби рохат дея бежиз айтилмаган. Озгина мехнат эвазига кузланган даромадга эга булиш мумкин. Бу учун албатта хар бир ишни бошлагандан сунг кийинчиликларига чидам билан бокиб собир такот билан харакат килинса албатт даромад манбайи мехнат эканлигиа куз етказасиз. Келгуси ишларингизда омадлар тийламиз


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-29 23:15:13

Xalqimiz bugun o'z tomorqasidan unumli foydalanish sirlarini yaxshi o'zlashtirdi desak aslo yanglishmaymiz. Tomorqa daromad manbai.


Fikringizni qoldiring

+