O‘zLiDeP ko‘magida zarbdorlik Sh. Shoyusupov o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etdi

30.07.2018, 18:20

O‘zLiDeP ko‘magida zarbdorlik Sh. Shoyusupov o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etdi

Zarbdor tumani Shodlik MFY azaldan ishbilarmon va tadbirkorlari bilan nom qozongan. Birovdan yordam kutmay, ro‘zg‘orining kam-ko‘stini to‘ldirayotgan bunday hamyurtlarimiz ko‘pchilikka o‘rnak.

Shu hududda yashovchi Shuxrat Shoyusupov ana shunday omilkorlardan biri. Ayni chog‘da tadbirkor o‘z tomorqasida tashkil etgan issiqxonadan  mo‘maygina daromad olib kelyapti.  

–O‘zLiDeP ko‘magida 2 sotixlik yer maydonida issiqxona tashkil etgan edik, – deydi Sh.Shoyusupov. – Ayni chog‘da pomidor, bodring, sabzavot va ko‘kat yetishtiryapmiz. Hozircha natija yomon emas, yaxshi daromad olyapmiz. Eng muhimi, bolalarimiz halol mehnat bilan yashashni, o‘z kuchi bilan daromad topishni o‘rganyapti. To‘g‘risini aytsam, dehqonchilik qilib kam bo‘lmadik, farzandlarim ishli bo‘ldi, uyimizni zamonaviy ko‘rinishda qayta ta’mirladik. 

– Ochig‘i ilgari mahallamiz ahlining ko‘pchiligi tomorqadan samarali foydalanishni bilmas edi, – deydi “Shodlik” MFY oqsoqoli Raxmon Eliboyev. – O‘zLiDeP faollariga rahmat, ularning tashabbusi bilan mahallamizda tadbirkorlar soni ko‘paymoqda. Chunki partiya xodimlari joylarda xonadonma-xonadon yurib, aholiga tomorqaga ekin ekish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bermoqda.   

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP Zarbdor tuman Kengashi tomonidan “O‘zLiDeP o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida hududda Shuxrat aka kabi tadbirkorlar soni kun sayin ko‘paymoqda.

                                                                           Jahongir BOSIMOV,  

O‘zLiDeP Zarbdor tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT Tomorqa
  • Ko'rildi
    1185
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O‘zLiDeP Миришкор туман Кенгаши Чаманзор мх БПТ фаоли Каримова Муяссар2018-07-31 10:05:06

“O‘zLiDeP ўз томорқасида тадбиркорлигини бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси доирасида олиб борилаётган тарғибот ишлари натижасида кўплаб хонадонларда иссиқхоналар барпо этилаётганлиги айни ёшларнинг бандликка кўмаклашиш ва иш билан таминлашнинг энг самарали усули деп биламан.


У.Боймуродов O‘zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат рахбари2018-07-31 09:33:26

O‘zLiDeP кўмагида ташкил этилаётган иссиқхоналарда помидор, бодринг, сабзавот ва кўкат ва қишлоқ хўжалиги махсулотлари етиштирилмоқда. Бу эса оила бюджетига яхшигина даромаддир. Болаларни ҳам ёшлигидан меҳнатга ўргатиш яхши яшашини таъминлашга асос булади.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-07-31 08:26:01

Маколада айтилганидек тадбиркорликни йулга куйган акамиз Ш.Шоюсуповнинг ишларини албатта куллаб кувватлаймиз. Болаларни хам ешлигидан мехнатга ургатиш бу уз узидан яхши яшашини таъминлашга асос булади. Мехнатдан кошмаган инсон жамиятда уз урнини топиб бахтли саодатли турмуш кеширади. Ишларингизга омад тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+