Harakatlar strategiyasi – barqaror rivojlanish kafolati

31.07.2018, 10:22

Harakatlar strategiyasi – barqaror rivojlanish kafolati

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi siyosiy ta’lim markazi tomonidan ushbu mavzuda o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirdan maqsad 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilab qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash borasida joylarda olib borilayotgan ishlarni muhokama qilishdir.

Qayd etilganidek, Harakatlar strategiyasida va Davlat dasturida xalqimizning porloq kelajagi hamda istiqbolini belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan. Ayniqsa, ayollar, yoshlar bandligini ta’minlash, shu maqsadda tadbirkorlik, oilaviy biznes hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlar salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadbirda davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifi davomida belgilab bergan vazifalardan kelib chiqib, partiya va uning deputatlik guruhlari oldida turgan dolzarb vaziflar belgilab olindi.

Nasiba TURYeMURATOVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Zulfiddin2020-05-23 15:42:02

Man 2002 yil oktabr oyida tug'ilganman man parrandachilik yo'nalishi bo'yicha tadbirkorlik qilmoqchiman manga 25 million kridit zarur lekin garovga qo'yadigan mulkim yo'q iloji bulsa yordam berishingizni surayman


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-07-31 10:47:12

Хакикатдан хам Ҳаракатлар стратегиясида ва Давлат дастурида халқимизнинг порлоқ келажаги ҳамда истиқболини белгилаб берадиган энг устувор йўналишлар олга сурилган. Албатта бу дастур вазифаларининг жойларда тугри ва аник бажарилишини таъминлаш борасидаги ишларда барчамиз масъулмиз. Укув семинарларнинг асосий максади хам конуний хужатларни таргиб килиш уларнинг мазмуни ва ахамиятини кенг оммага тушинтиришдан иборат ва албатта жойлардаги депутатларимизнинг депутатлик назоратини кучайттириш уларнинг халкнинг ичида булишини таъминлаш.


Fikringizni qoldiring

+