O‘zLiDeP faoli Hakima Toshmatova Turkiyaga 3 mln. AQSh dollarlik mahsulot yetkazib beradi
01.08.2018, 18:28

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Namangan shahridagi "MEGA STAR FLOVERS" MChJda “Hududlarda sanoatni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va korxonalarning eksport salohiyatini oshirishning bugungi holati va istiqbollari” mavzuida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Qayd etilganidek, bugun mazkur korxonada temir mahsulotlarini qayta ishlash, shakl berish, pardozlash, panjara va darvozalar uchun gullar tayyorlanadi. Ayni chog‘da korxona tomonidan 1,0ga maydonda zamonaviy yangi turdagi ishlab chiqarish kompleksini qurish ishlari olib borilyapti.
–Mahsulotlarimizni nafaqat ichki bozorda, balki xorijga ham eksport qilyapmiz, – deydi korxona rahbari Xakima Toshmatova. – Yaqinda Turkiyaning Tekirdag provinsiyasiga katta avtomobil yo‘llaridagi to‘siqlar uchun panjara yetkazib berish bo‘yicha 3 mln. AQSh dollarlik shartnoma imzolashga erishdik.
Tadbir davomida korxona ishchilariga O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari haqida keng tushunchalar berildi.
Tadbir so‘ngida korxonaning 25 nafar ishchi-xodimi partiyaga a’zo bo‘lib, korxonada BPT ochildi.
Yulduz YULDASHEVA,
Namangan viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Bildirilgan fikrlar
Ахмедов Фарход Ахадович ЎзЛиДеП Наманган вилоят Кенгаши маъмурий хужалик ишлари булими мудири2018-08-03 10:57:41
Бундай тадбирларни сонини ҳамда кўламини ошириш орқали тадбиркорликга бўлган қизиқиши бор фуқароларни ушбу йўналишга жалб қилиш, тадбиркорлик билан амалда шугулланиб келаётган фуқароларни фаолиятини кенгайтиришга туртки бўлишига эришиш мумкин.
Орифжон Маҳмудов O`zliDeP Наманган вилоят Кенгаши 2018-08-02 11:56:12
Бундай амалий тадбирларни жоларда кўпроқ ўтказилиши, партия аъзолари сафини кенгайиши навбатдаги сайловларда ўзнатижасини кўрсатади.
Саттаров Иброҳим O"zLiDeP Наманган вилоят Кенгаши бўлим мудири2018-08-02 11:33:02
Вилоятларда "Худудий инвестиция дастури"га киритилган лойихаларни амалга оширилиши билан танишиш мақсадида саноат корхоналарида шундай тадбирларни ўтказилиши, биринчи навбатда электорат вакилларига партиянинг дастурий мақсад ва вазифаларини янада кенгроқ таништириш, тадбиркорлик субъектларига БПТларни ташкил этишга замин бўлади.