Mahmud Toir: O‘zLiDeP tanlovi bahona ko‘pgina iste’dodli ijodkorlar kashf qilinadi

02.08.2018, 17:45

Mahmud Toir: O‘zLiDeP tanlovi bahona ko‘pgina iste’dodli ijodkorlar kashf qilinadi

Shu kunlarda O‘zLiDeP tashabbusi bilan barcha viloyatlarda mamlakatimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bag‘ishlab “Vatanim – obod qo‘rg‘onim” nomli targ‘ibot tadbiri doirasida “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” Respublika ijodiy tanlovi taqdimotiga bag‘ishlangan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Parkentning so‘lim go‘shasi – So‘qoqda bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda partiya faollari, taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalist hamda tadbirkorlar qatnashdi.

– O‘zLiDePning bu xayrli tashabbusi biz ijodkorlar uchun munosib chorlov bo‘ldi, – dedi O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo‘limi mas’ul kotibi Mahmud Toir. – Yetakchi partiya shu orqali Prezidentimiz rahnamoligida ijodkorlarga ko‘rsatilayotgan g‘am­xo‘r­likning yana bir ko‘rinishini namoyon qilayotgani e’tirofga loyiq ish. Ishonamanki, mazkur tanlov bahona ko‘pgina iste’dodli ijodkorlar kashf qilinadi. Asosiysi, bugungi kun tadbirkorining asl qiyofasi chizilishiga erishiladi.

– Odatda parkentlik ishbilarmon deyilsa, ko‘z oldimizga mashhur bog‘bonlar, tajribali ziroatchilar keladi, – deydi
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri O‘ktam Mirzayorov. – Ammo bugungi kuzatuvlar mobaynida shunga amin bo‘ldimki, bu yerlik zahmatkashlar yangi bosqichga qadam qo‘yibdi: mahsulotni qayta ishlash, dorivor o‘simlik yetishtirishdagi yutuqlarini ko‘rib, zo‘r-zo‘r badiiy asarlar, publitsistik ocherklar yozish kerak ekan, deb o‘yladim. Kelgusida viloyatlik ijodkorlardan bu borada katta chiqishlarni kutib qolamiz.

Ochiq muloqotda, shuningdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi, “XXI asr” gazetasi bosh muharriri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Norqobil Jalilov, O‘zLiDeP Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Toshkent viloyati bo‘limi direktori Zarifa Eraliyeva, “Ohangaron hayoti” gazetasi bosh muharriri Behzod Qobulovlar ham tanlov to‘g‘risidagi mulohazalarini bildirishdi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1322
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+