O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” pastdarg‘omlik H. Quvchatovaga 12 sotixlik tomorqasida tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashdi

02.08.2018, 18:13

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” pastdarg‘omlik H. Quvchatovaga 12 sotixlik tomorqasida tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashdi

O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Boldir” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Partiya viloyat, tuman Kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etgan mazkur tadbirda ko‘plab tadbirkor va ishbilarmon ayollarning muammolariga yechim topildi.

–Ko‘pdan buyon salomatligim yaxshi emas, – deydi “Boldir” mahallasida yashovchi Hilola Quvchatova. – Prezidentimizga rahmat, umrlari uzoq bo‘lsin! Chunki u kishining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklari tufayli xonadonimiz zamonaviy ko‘rinishda qayta ta’mirlandi, tijorat bankidan imtiyozli kredit olishga muvaffaq bo‘ldim.  Endi yaqin kunlarda o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yaman.

Shu hududda yashovchi Farida Mallayeva 12 sotixlik tomorqasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida yuribdi. Biroq moddiy ta’minoti yetarli bo‘lmaganligi tufayli, bu borada tegishli ko‘mak ko‘rsatishlarini so‘rab murojaat qildi. Uning muammosini O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, tuman Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Ishmurodova o‘z zimmasiga oldi.

–Xonadonlarda o‘tkazilgan muloqotlarda aholining juda ko‘p qismi tadbirkorlik va tomorqachilikka qiziqishlari, ammo bu borada moddiy mablag‘ yetishmovchilik bo‘layotganini ta’kidladilar, – deydi Z.Ishmurodova. – Shu bois, ularga kerakli hujjatlar tayyorlab, tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olishlariga ko‘maklashdik.

Tadbir so‘nggida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlardan bir guruhiga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Marhabo ChO‘LIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1161
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Усмонов Сардор2018-08-03 14:28:05

Tomorqamiz bizning boyligimiz, agar tomorqaga o`z mehrimizni bersak ushbu tomorqadan anchagina daromad olishimiz mumkin.


Fikringizni qoldiring

+