Urgutda O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari malakasi oshirildi

02.08.2018, 18:16

Urgutda O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari  malakasi oshirildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi partiya Urgut tuman Kengashining jamoatchilik asosidagi rais va rais o‘rinbosarlari, mahalliy Kengash deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari yetakchilari malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etdi.

Seminarda 2017-2018 yillarda tumanning iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi, dasturga kiritiladigan loyihalarni tayyorlashda e’tibor qaratiladigan asosiy jihatlar va ularni dasturga kiritish hamda ijrosini nazorat qilish mexanizmlari hamda partiya oldida turgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek,  deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va ularni nazoratga olib borish, saylovchilar bilan uchrashuvlarni tashkil qilish va uchrashuvlarda saylovchilar tomonidan tushayotgan muammolarni yechish bo‘yicha taklif-tavsiyalar berildi.

– Bugungi kun deputati xalq dardi bilan yashashi kerak. U xalq va hokimiyat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tashi zarur, – deydi partiya deputatlik guruhi a’zosi Adashoy Sattorova. –Chunki Prezidentimiz tomonidan qo‘yilayotgan talab shu. Buning uchun esa, siyosiy bilimlarini mustahkamlashga  qaratilgan  bu kabi tadbirlar barchamizga  foyda beradi.

Seminarda shuningdek, doimiy komissiyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, deputatlik guruhlari tomonidan masalalarni doimiy komissiyalarga hamda sessiyalar kun tartibiga kiritish yo‘llarni interfaol usullarda o‘rgatildi.

Nasiba MO‘MINOVA,

O‘zLiDeP Samarqand  viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1071
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Усмонов Сардор2018-08-03 14:26:31

O`quv-seminarlarda qatnashuvchilar O`zbekistondagi so`ngi yangiliklar chiqayotgan qarorlaru, farmonlardan xabardor bo`lishadi


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-08-03 10:13:45

O'tkarilayotgan o'quv seminarlarida qatnashgan partiya faollarimizda,deputatlarda kelgusi partiyaviy faoliyatlarida tajriba va ko'nikmalar hosil qilmoqda.Bunday o'quv seminarlarini har yarim yilda bir marta o'tkarib borish juda maqsadga muvofiq bo'lar edi.


Fikringizni qoldiring

+