O‘zLiDeP Mahfuza Eshmuhammedovaga parrandachilikni yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashdi
09.08.2018, 15:46

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Samarqand viloyat Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Bulung‘ur tumanidagi “G‘o‘bdin” MFYda bo‘ldi.
Tashrif chog‘ida partiya faollari davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Mahalla aholisi o‘rtasida olib borilgan muloqotlarda “Xar bir oila –tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturining mazmun-mohiyati yuzasidan aholiga tushuntirish ishlari olib borildi. Targ‘ibot ishlari natijasida Mahfuza Eshmuhammedovaga parrandachilikni yo‘lga qo‘yish istagi paydo bo‘ldi.
–Partiya faollarining “tadbirkorlik bilan shug‘ullaning, biznesingizni boshlashingizga ko‘maklashamiz” degan gaplaridan ruhlanib tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga axd qildim, – deydi M.Eshmuhammedova. –Endi partiya ko‘magida tijorat bankidan imtiyozli kredit olib, parrandachilikni yo‘lga qo‘yaman. Axir bu yetti xazinaning biri.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Bildirilgan fikrlar
Ш.Хушвактов O‘zLiDeP Косон туман Кенгаши фаоли2018-08-09 16:40:41
Ҳудудларда аҳоли ўртасида олиб борилган мулоқотларда “Хар бир оила –тадбиркор”, “Yoshlar – kelajagimiz” давлат Дастурининг мазмун-моҳияти юзасидан аҳолига тушунтириш натижасида ешларимизни тадбиркорликка ўргатишдир.
Рахманова гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-09 15:55:35
Бу маколадан УзЛиДеП фаоллари тамонидан тадбиркорликни куркмасдан йулга куйиш буйича таргибот ишларининг уз самараси куриниб тур. Халкимизда донолик гаплар бор, "Таввакалчидан худо хам куркади", "Уйчи уйланаман деганча таввакалчи ишини битирар. Бу хакикат. Янги иш бошлаган тадбиркорларимиз билан сафимиз кенгайя беради. Биз уларни куллаб кувватлашда янада фаолликни оширамиз