O‘zLiDeP xonobodlik Jumagul Normirzayevaga o‘z biznesini boshlashiga ko‘maklashdi
14.08.2018, 18:21

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Lordgenbiznes” MChJda “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirda Dastur doirasida har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani, shuningdek, aholining moddiy sharoitini tubdan yaxshilash hamda turmush farovonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
–Davlatimiz tomonidan berilayotgan bunday imtiyoz va qulayliklar har bir oilaning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratadi, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri I.Sattarov. – Shu bois, Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda yanada faol va tashabbuskor bo‘lishimiz kerak. Maqsad bitta, aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, odamlarning biznesga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash.
Tadbirda o‘z biznesini boshlash istagini bildirgan “Xonobod” MFYda yashovchi Jumagul Normirzayevaga partiya faollari tomonidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Yulduz YULDASHEVA,
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Bildirilgan fikrlar
Дилдора Хамидова O'zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши2018-08-15 11:13:49
Давлатимиз томонидан яратилаётган имтиёз ва қулайликлар хар бир оиланинг тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланиши учун кенг имкониятлар яратилмоқда.
Нажим Атаназаров, Халқ депутатлари Косон туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-08-15 08:35:38
Давлатимиз томонидан берилаётган бундай имтиёз ва қулайликлар ҳар бир оиланинг тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланишига кенг имконият яратилмоқда. Белгиланган вазифалар ижросини таъминлашда янада фаол ва ташшабускор бўлишимиз керак.