O‘zLiDeP xorazmlik Sevara Xudayberganovaga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun bino olib berdi
15.08.2018, 17:40

Bugun mamlakatimizda yoshlar o‘zlariga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, bor iqtidorlarini namoyon qilgan holda yurt ravnaqi va vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xorazmlik Sevara Xudayberganova ham ana shunday yoshlardan biri sanaladi.
Chunki u bolaligidan tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rganib, endilikda faol tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda. E’tiborlisi, yosh tadbirkor bugun 5 nafar xotin-qizni bandligini ta’minlagan.
–Tikuvchilik tsehi tashkil qilish orzuyim edi, – deydi Sevara. – Tikuv mashinalarim bo‘lsa-da, yakka tadbirkor sifatida ish boshlashimda bino masalasi muammo edi. Shu masalada O‘zLiDePga murojaat qilgan edim. Partiya faollarining ko‘magi bilan Urganch shahridagi 29-son “Baynalminalchi” MFYdan 1 ta xona ajratib berildi. Ayni chog‘da bolalar va ayollar kiyimlari hamda o‘quvchilar uchun maktab formalari tayyorlayapmiz. Albatta, bu boshlanishi. Kelgusida ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirib, yana 10 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratmoqchimiz.
Ta’kidlash kerak, bugun bu yosh tadbirkor Urganch shahridagi 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga maktab kiyimlari tayyorlab berish bo‘yicha shartnoma ham imzolagan.
Nilufar DJABBAROVA,
O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Bildirilgan fikrlar
Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-16 16:19:54
Хоразмлик Севара Худайберганова еш булишига карамасдан янги иш уринлари яратиб халкга хизмат килиб турганлиги ва келгусида иш фаолиятини янада кенгайттириши тугрисидаги фикри янада мактовга лойик . Тадбиркорликни йулга куйган Севарадай ешларимиз сони купайиши тарафдоримиз.