O‘zLiDeP yosh tadbirkorga 25 mln. so‘m miqdorida kredit olib beradi

19.08.2018, 01:26

O‘zLiDeP yosh tadbirkorga 25 mln. so‘m miqdorida kredit olib beradi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Jizzax viloyat Kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari Yangiobod tumanidagi “Qo‘shqand” qishlog‘ida bo‘ldi.

Bunday muloqotlarning afzalligi shundaki, yuzma-yuz suhbat chog‘ida odamlar o‘zlarini o‘ylantirayotgan, qiynayotgan muammolarini ochiq-oshkora suhbatdoshiga ayta oladi. Aholining taklifi bilan erta tongdan kun botgunga qadar cho‘zilgan muloqotlar fikrimiz isbotidir.

Ta’kidlash kerak, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan ushbu qishloqda 319 ta xonadon bo‘lib, ularda 1 ming 921 nafar aholi istiqomat qiladi. Qishloq ahlining ko‘pchiligi mehnatkash, tadbirkorlik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Masalan shu hududda yashovchi Sanobar Jo‘rayeva ham tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Yaqinda unga tuman hokimligi tomonidan 3,5 million so‘mlik zamonaviy tikuv mashinasi sovg‘a qilindi. Shu kunlarda “Obod qishloq” dasturi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan zavq olgan tadbirkor qishloq markazida maishiy-xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ochish niyatida yuribdi.

Muloqot chog‘ida tadbirkorga faoliyatini kengaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar hamda “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi. Muloqotda hozir bo‘lgan mutasaddilar ko‘magida yosh tadbirkorga 25 mln. so‘m miqdorida kredit ajratishga kelishib olindi.

Ta’kidlash kerak, joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad eng avvalo, mavjud muammolarni aniqlash va ularga yechim topish, aholi bandligini ta’minlash hamda xalqni rozi qilishdan iborat.  

   Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1180
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-23 09:23:43

Санобар Жўраеванинг тадбиркорлик фаолиятига омад тилаб қоламиз.


Fikringizni qoldiring

+