Va’dalar amalda bajarildi

25.08.2018, 16:07

Va’dalar amalda bajarildi

Bu esa yoshlarning O‘zLiDePga ishonchini yanada mustahkamladi

Yaqinda Navoiy shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekis­ton Liberal-demokratik partiyasi hamda Navoiy viloyat hokimligi hamkorligida “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” nomli forum bo‘lib o‘tgan edi.

Forum doirasida tashkil etilgan “Yoshlar bandligini ta’minlash eng muhim vazifamiz” mavzuidagi amaliy uchrashuvda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Axtam Xaitov va Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov yoshlarning orzu-umidlari, rejalari bilan qiziqqani, mavjud muammolarni bartaraf etishga kirishgani navqiron avlodning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mus­tahkamladi.

Yoshlar o‘zlarining taklif va mulohazalarini ro‘y-rost o‘rtaga tashladi. Kimdir bankdan kredit olish yoki ishga joylashish, boshqa birov tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun yordam so‘rab murojaat qildi.

Xo‘sh, forumda belgilangan topshiriqlar ijrosi, berilgan va’dalar ijobati qanday kechmoqda? Quyida bevosita shu tadbirda ishtirok etgan navoiylik yoshlarning shu haqdagi fikrlari bilan tanishasiz.

Shahrizoda RAYHONOVA, Zarafshon shahri:

– O‘zLiDePning “Kelajak deputatlari” guruhi a’zosi sifatida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ro‘y berayotgan yangilik va o‘zgarishlarni muntazam kuzatib borayapman. Forumda ishtirok etib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishish, qolaversa, poytaxtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik jarayonini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun Toshkentga borishda amaliy yordam berishni iltimos qildim. Partiyamiz rahbari tez kunda bu masala hal qilinishi, xususan, markazdan olisdagi zarafshonlik yoshlarning o‘ylagan niyatlari ijobat bo‘lishiga va’da berdi. Qarangki, kuni kecha biz – 35 nafar “Kelajak deputatlari” guruhi a’zolari poytaxtda bo‘ldik. Mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarda faol va yetakchi partiya faoliyati, parlament deputatlari faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Partiya g‘oyalari, tashabbuslari keng muhokama qilinadigan jarayonlarda ishtirok etdik. Ayniqsa, Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari komissiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev bilan bo‘lib o‘tgan muloqot iliq taassurot qoldirdi. Deputat bizni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi. Shuningdek, Toshkentdagi Turin politexnika universitetida yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. Chilonzor tumanidagi kovorking markazida tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan master-klass bilimlarimizni yanada oshirdi.

Manzura OChILOVA, Navbahor tumani:

– Forumda partiya raisidan kollejni bitirganimdan beri ishsiz yurganligimni aytib, muqim ishga joylashishga ko‘mak berishlarini so‘radim. Qisqa muddatda mening “Yangi yer” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga ishga olinganligimni tasdiqlovchi hujjat va mehnat daftarchasi berishdi. Mana, hozir ishlayapman...

Charos JAMOLOVA, Navoiy shahri:

– Ancha yillardan beri “Navoiy Shams” korxonasiga ishga kirish orzuim edi. Forum bahonasida aynan ana shu korxonaga ish yurituvchi lavozimiga ishga qabul qilindim. Butun oilamiz xursand bo‘ldi. Partiya tomonidan ana shunday amaliy tadbirlar tez-tez o‘tkazib turilsa, bizga o‘xshagan yoshlarning muammolari joyida hal bo‘larkan...

O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur forumda ishtirok etgan yoshlarning har biri yuqoridagi kabi mavjud muammolari joyida hal etilganligini quvonch bilan tilga olishmoqda. Ular kelajakdagi rejalari ro‘yobi partiyaning amaliy yordami bilan ijobiy hal bo‘layotganligini faxru iftixor bilan tilga olishmoqda.

Baxtiyor TOShNAZAROV,

“XXI asr” muxbiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1145
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-08-25 20:14:08

Партия раҳбарияти ва фаоллари томонидан ёшлар билан яқиндан ишлаш, уларнинг муаммоларини бартараф этишга кўмаклашига бўлган ҳаракат ёшлар кенг қатламининг партиямизга бўлган хайрихоҳлигини, қизиқишини кучайтириши, пировардида партиямиз сафларида ёшлар сонининг ошишига сабаб бўлади..


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-08-25 18:56:35

Замон талаби булган тадбиркорликни янада ривожлантириш максадида жойлардаги УзЛиДеП фаоллари тамонидан амалга оширилаетган таргивот ишлари уз самарасини бермокда. Маколадаи ешларимиз фикрларидан партиямизга деган миннатдорчилиги албатта бизни кувонтиради. Ешларимизнинг жамиятдаги фаоллигини ошириш-бу партиямизнинг энг асосий вазифаларидан.


Fikringizni qoldiring

+