Xatirchilik 14 yoshli tadbirkor O‘zLiDeP ko‘magida 50 million so‘m kredit olmoqchi

26.08.2018, 15:58

Xatirchilik 14 yoshli tadbirkor O‘zLiDeP ko‘magida 50 million so‘m kredit olmoqchi

Avval xabar qilganimizdek, O‘zLiDeP ishchi guruhi a’zolari joylarda aholi bilan uchrashuvlarni davom ettirmoqda.

Xatirchi tumani “Bog‘ishamol” mahallasi “Mang‘it” qishlog‘ida yashovchi Diyor Mirtazoyev 14 yoshidan beri o‘rdak, bedana, tovuq boqish bilan shug‘ullanib keladi. Boshida ota-onasi uning bu harakatidan o‘qishga qiziqmay qo‘yadi deb qarshilik ham ko‘rsatishdi. Lekin o‘zi mehr qo‘ygan ishi bilan Diyorbek darsdan bo‘sh vaqtlarida shug‘ullandi. Parranda boqish sirlarini qunt bilan o‘rgandi. Intilish va o‘rganishlari besamar ketmadi. Hozir u 200 bosh o‘rdak, 200 bosh bedana va 300 bosh tovuq boqyapti. Uning tadbirkorligi butun mahalla aholisiga ibrat bo‘lmoqda. Quvonarlisi, uning ishiga tengdoshlari ham qiziqib, parrandachilik bilan shug‘ullanishni, bu orqali oilaviy sharoitlarini yaxshilab olishiga ishonishmoqda, undan parranda boqish sirlarini o‘rganishmoqda.

—  O‘zLiDeP aralashuvi bilan parranda bosh sonini ko‘paytirish uchun 0,5 gektar yer maydoni ajratish to‘g‘risida tuman hokimi qarori chiqdi, — deydi Diyor Mirtazoyev. —  Bu menga yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Yosh bo‘lishimga qarmasdan menga amaliy yordam bergan tumanimiz hokimi va O‘zLiDeP faollariga minnatdorchiligimni bildiraman. Endi Prezidentimiz tomonidan hayotga joriy qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida 50 million so‘m imtiyozli kredit olib, parranda bosh sonini oshiraman. Ana shunda tengdoshlarim uchun ham yangi ish o‘rinlari yarataman, albatta.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1590
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Umrzoqov Diyor 2018-09-02 13:48:56

Umrzoqov Diyorman Murtozoyev emas


Эшниёзов Муҳаммад, O‘zLiDeP Навоий вилоят кенгаши аппарат раҳбари 2018-08-30 11:51:10

Диёрбекнинг отаси билан суҳбатлашганимизда у фахрланиб "Ўғлим мени иш билан таъминлади, Ярим гектар ерда энди мен ҳам ишлайман ва даромадга ёрдам қиламан",-дейди. Онаси эса парранда маҳсулотларини сотиш ўзининг зиммасида эканлиги, онаси ҳам энди бекор эмаслигини таъкидлади. Тадбиркор, янги иш ўрни яратадиган ёшларимиз кўпаяверсин!


Fikringizni qoldiring

+