“Mushtariy–Oqdaryo” MChJ korxonasining 13 nafar xodimlari partiya safiga qabul qilindi

03.09.2018, 17:03

“Mushtariy–Oqdaryo” MChJ korxonasining 13 nafar xodimlari partiya safiga qabul qilindi

Oqdaryo tumanidagi “Yangiqishloq” MFYda joylashgan “Mushtariy –Oqdaryo” MChJ korxonasi faoliyat yuritayotganiga bir yildan oshdi. Hozirda bu yerda 400 dan ortiq ishchi-xizmatchilar mehnat qilishmoqda. Ushbu tikuv korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorda balki qator xorijiy davlatlar bozorlarida ham xaridorlari ko‘paymoqda. Bu yerda faoliyat yuritayotgan xodimlarning aksariyatini yoshlar tashkil etadi.

Shu munosabat bilan O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan  mazkur korxonada “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz - yoshlar!” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda partiyaning Oqdaryo tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Axror Xomidov so‘zga chiqib, o‘tgan davr davomida erishgan yutuqlar xususida gapirar ekan, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor haqida alohida to‘xtaldi.

- Yoshlarimiz yurtimiz kelajagi, ertamiz egalaridir. Ularga davlatimiz tomonidan  keyingi yillarda e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Jumladan,“Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi asosida 14 - 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kridetlar ajratilayotganligini katta voqea deb bilaman. Chunki 14 yoshli bolaga ishonch bildirish, uning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan katta-katta ishbilarmonlarni kashf qilishga xizmat qiladi, - deydi A.Xomidov. 

Tadbir savol-javob, bahs munozaraga boy bo‘ldi. Unda mamlakatimizda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qishloqlarimizdagi o‘zgarishlar xususida so‘z bordi. 

 Uchrashuv davomida 13 nafar korxonaning ishchi xodimlari partiya safiga qabul qilindi. Yana 10 dan ortiq xodimlari partiyaga kirish istagini bildirdilar.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1164
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-09-05 10:28:19

Ёшларимиз юртимиз келажаги, эртамиз эгаларидир. Уларга давлатимиз томонидан кейинги йилларда эътибор янада кучайтирилмоқда. Янги қабул қилинган партия аъзоларига омад тилаймиз


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-09-05 08:28:45

Янги қабул қилинган аъзоларга партиямиз сафидан муносиб ўрин топадилар деб ишонч билдирдириб қоламиз.


Мустафаев Бахтиёр, ЎзЛиДеП аъзоси, Самарқанд шаҳри2018-09-04 16:21:19

Муҳтарам Президентимиз томонидан олиб борилаётган оқилона сиёсатни партиямиз фаоллари ҳар бир корхона ва ташкилот ходимларига тўғри тушинтириб, уларга етказа олса сафимиз янада кенгайган бўлар эди.


Fikringizni qoldiring

+