Jizzaxlik O‘zLiDeP faoli E.To‘raqulov koreyalik hamkorlar bilan 40 million AQSh dollarlik shartnoma imzoladi

05.09.2018, 17:16

Jizzaxlik O‘zLiDeP faoli E.To‘raqulov  koreyalik hamkorlar bilan 40 million AQSh dollarlik shartnoma imzoladi

Jizzax  viloyatining  investitsion salohiyatini namoyon etish hamda ishlab chiqaruvchilarning milliy ko‘rgazmasini tashkil etish maqsadida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Xalqaro forum tashkil etildi.  

Anjumanda Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, BAA, Isroil, AQSh, Hindiston, Ispaniya, Latviya, Belarus, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya singari jami 28 mamlakatdan 300ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. Shuningdek, unda mamlakatimizdagi chet el diplomatik missiyalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.  

Forum davomida ishtirokchilar hududda xorijiy va mahalliy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Quvonarlisi, forum doirasida O‘zLiDeP elektorati bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlarning ko‘pchiligi investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator kelushuvlarga ega bo‘ldi.

–Mazkur anjuman jizzaxlik tadbirkorlar uchun ayni muddao bo‘ldi, –deydi “Sangzor vodiysi” MChJ rahbari, O‘zLiDeP faoli Ismoil Ishimov. – Boisi, biz ham forum doirasidagi tadbirlar davomida Janubiy Koreyaning “Myung Sung Placon Ltd” bilan 865 ming AQSh dollari miqdoridagi loyihani amalga oshirish yuzasidan shartnoma imzoladik. Mazkur loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan issiqxona qurilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha amalga oshgach, 25 ta ish o‘rni yaratiladi.

–Forum davomida Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi bilan 40 million AQSh dollari asosidagi qo‘shma loyihani amalga oshirishga kelishib oldik, – deydi  “Jizzax Plastmassa” AJ rahbari, O‘zLiDeP faoli Elyor To‘raqulov. – Anjuman davomida xorijlik hamkorlar bilan yana bir necha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham kelushuvga erishishni mo‘ljallab turibmiz.

Ta’kidlash kerak, forum davomida ishtirokchilar viloyatning turistik maskanlari, jumladan, noyob qo‘riqxona hududida joylashgan Zomin milliy bog‘ida ham bo‘ldilar.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1119
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+