Urgutlik tadbirkor ko‘pchilik tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan taklif bilan chiqdi
08.09.2018, 10:00

Avval xabar qilinganidek, mavjud muammolarni o‘rganish hamda aholi bilan yaqindan muloqot qilish maqsadida partiya xodimlaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Ishchi guruh Urgut tumaniga tashrif buyurdi.
Paypoq, bolalar va kattalar kiyim-kechaklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Urgut-Alfa-Alyans” MChJ korxonasi rahbari D.Saidmurodovning fikricha, kichik tadbirkorlik sub’ektlarini yillik tovar aylanmasi 1 milliard so‘mni tashkil etsa, amaldagi tartib-taomillarga ko‘ra soddalashtirilgan soliq to‘laydi. Agar ushbu mablag‘ 1 milliarddan oshsa, umum belgilangan soliqlarni to‘lashi belgilangan. Tadbirkorni asoslashicha, kichik korxonalar uchun belgilangan ushbu miqdorni 5 milliard etib belgilash kerak. Chunki, kichik korxona bo‘lsada, bugun tovar aylanmasi 1 milliarddan oshayotgan tadbirkorlar safi kundan-kunga kengayib borayapti.
Ishchi guruh a’zolari ushbu masalani atroflicha o‘rganib, masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi e’tiboriga havola etdi. Hozirda ushbu masala bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasiga deputatlik so‘rovi kiritilayapti.
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Fikringizni qoldiring