O‘zLiDeP “Xorazm shisha idishlari” MChJda BPT tuzdi
10.09.2018, 15:45

Shovot tumanidagi “Xorazm shisha idishlari” MChJ yiliga 25 mln dona shisha idishlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Joriy yilda korxonada xorijdan keltirilgan 14,5 mlrd so‘mlik zamonaviy uskunalar o‘rnatilgani ish unumdorligini yanada oshirdi.
Xalq bilan muloqot qilish, joylarda to‘planib qolgan muammolarni hal etish, ayniqsa, aholini hayotdan rozi qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh a’zolari tumanga tashrifi davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
–Korxonamizda 200 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qiladi, – deydi korxona direktori o‘rinbosari Xikmatillo Qodirov. – Shisha idishlari ishlab chiqarish o‘ta nozik ish. Bu borada xodimlardan o‘ta ehtiyotkorlik va mas’uliyat talab etiladi. Shu bois, korxonamizda har bir xodimning vaqtida dam olishi, ovqatlanishi va ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Korxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekanmiz, “Sifat nazorat” bo‘limi faoliyati bilan ham qiziqdik. Korxona mutaxassisining aytishicha, bu yerda 12 xil o‘lchamdagi shisha idishlarning diametrik o‘lchamlari, parametrlari GOST talablari asosida har ikki soatda tekshirilib, mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilar ekan.
Muloqot so‘nggida korxona ishchi-xodimlarining 8 nafari partiya a’zoligiga qabul qilinib, korxonada boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.
Mashxurbek MATNIYOZOV,
O‘zLiDeP Shovot tuman Kengashi
apparat rahbari
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik 103 yoshli onaxon partiya a’zosi bo‘ldi
11.05.2022, 15:20
-
Tibbiyot xodimlarining 12 nafari partiya safiga qo‘shildi
07.05.2022, 14:47
-
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi BPT faoliyati sarhisob qilindi
27.04.2022, 16:17
-
Qiziltepada faoliyat boshlagan uy bog‘chada BPT tashkil qilindi
25.04.2022, 15:20
-
Targ‘ibot natijasida korxonaning 50 nafar ishchi xodimlari partiyaga a’zo bo‘ldi
21.04.2022, 14:46
Fikringizni qoldiring