“Zafar kelajak sport servis” mahsulotlari Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi orqali sotiladigan bo'ldi

10.09.2018, 17:07

“Zafar kelajak sport servis” mahsulotlari  Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi orqali sotiladigan bo'ldi

2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asosan iqtisodiyotni rivojlantirish faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini va ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini, soliq va bojxona siyosatini, bank-moliya sohasini yanada takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish, tadbirkorlar oldida turgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish borasida qator amaliy ishlarni olib bormoqda.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘matasi raisi Aktam Xayitov namanganlik bir guruh partiya faollari va tadbirkorlar bilan uchrashuvda shu haqida so‘z yuritdi.

Amaliy uchrashuvda viloyatda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida O‘zLiDeP oldida turgan vazifalar keng muhokama qilindi.

– Bugungi tadbirkorlar - yurt tayanchi, davlat tanyanchi, – deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘matasi raisi Aktam Xayitov. – Barcha tadbirkor zimmasidagi ana shu mas’uliyat yukini to‘g‘ri anglab, mamlakatimiz Prezidenti hamda xalqimiz tomonidan bildirilayotgan ishonchni oqlash yo‘lida bor kuch-g‘ayrati bilan harakat qilishi lozim.

– Uzoq vaqtdan buyon hal etilmay kelayotgan muammoyimizga yechim topildi, – deydi “Zafar kelajak sport servis” MChJ rahbari Azim Nurmatov. – Bizning korxonamiz issiqxonalar uchun polietelin mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Mahsulotlarimizni ichki bozorda sotishda muammolarga duch kelayotgan edik. Endilikda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi orqali mahsulotimizni sotish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari tashkil etilgan korxonalarda yetuk mutaxassislarni tayyorlash, kichik biznes subektlari mahsulotlarini chekka-chekka qishloq aholisiga ham yetkazib borishini ta’minlash uchun ixtisoslashtirilgan ulgurji bazalar va xalq iste’moli mollari do‘konlari faoliyatini yo‘lga quyish, charm mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish klasterini tashkil etish kabi takliflar bildirilib, mazkur yo‘nalishda O‘zLiDePning amaliy chora-tadbirlari belgilab olindi.

Ibrohim Sattarov

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+