Samarqandlik tadbirkor ipakdan to‘qilgan gilamlarni sotish tartibini soddalashtirishni taklif qildi
11.09.2018, 18:23

Samarqandlik hunarmandlar tomonidan yaratilgan zardo‘zlik, kashtachilik, to‘qimachilik asarlari azal-azaldan dunyoga mashhur bo‘lgan. Bugun Samarqandda hunarmanchilikning barcha yo‘nalishlari orasida qadimiy gilamdo‘zlik ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Mohir tadbirkorlar tashabbusi bilan “Samarqand-Buxoro ipak gilamlari” korxonasida ipakdan gilam to‘qish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mahsulotlarga xorijlik mehmonlarda talab yuqori.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faollari tomonidan mazkur korxona xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida korxona xodimlaridan qator takliflar kelib tushdi.
– Bizning asosiy xaridorlarimiz xorijliklar, – deydi korxona rahbari Furqat Niyozov. – Ular mahsulotlarimizni sotib olgandan so‘ng, rasmiylashtirishda bir qancha murakkabliklarga duch kelishadi. Bu borada amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritib, ushbu mahsulotlarni sotish tartiblari soddalashtirilsa, xorijliklar uchun ham, korxona uchun ham qulayliklar tug‘dirar edi.
Uchrashuvda partiya faollari tomonidan “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida korxonaning 10 dan ortiq ishchi- xodimlari partiya safiga kirish istagini bildirishdi.
Baxtigul Qarshiyeva,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Bildirilgan fikrlar
Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-09-12 09:20:42
Шу каби таклифларнинг имкон қадар инобатга олиниши тадбиркорларга енгиллик ва ямкониятлар яратади.