O‘zLiDeP faollari “Aktau” va “Shiyeli” OFY aholisi bilan uchrashdi

12.09.2018, 14:41

O‘zLiDeP faollari “Aktau” va “Shiyeli” OFY aholisi bilan uchrashdi

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Tomdi tumanidagi “Aktau” va “Shiyeli” OFY hududlarida 100 dan ortiq xonadonga tashrif buyurdi.

Suhbat va muloqotlar davomida hudud ahli tomonidan ichimlik suvi, ishga kirish, imtiyozli kredit olish va boshqa masalalarga doir 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.  

Masalan, “Aktau” va “Shiyeli” OFY hududida yashovchi 12 nafar fuqoro imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘radi. Mazkur murojaat yuzasidan shu kunning o‘zida xalq noibi, partiya deputatlik guruhi a’zosi Meyrbek Igilikov tomonidan “Agrobank” ATB tuman filialiga so‘rov yuborildi.

Ishsizlik masalasida murojaat qilgan Qazixan Sheraliyev, S.Jumabayev, O.Ismaylov, M.Raxmanberdiyev, J.Arapovlar esa ishchi guruh tashabbusi bilan bir martalik jamoat ishiga jalb qilindi.

“Aktau” OFYda yashovchi Niyazbek Bayimbetov otasi uzoq yillardan buyon og‘ir kasalligini aytib, buning uchun bepul dori-darmon kerakligi bo‘yicha murojaat qildi. “Shiyeli” OFYda yashovchi Dusen Uzoqboyev esa o‘g‘li tug‘ma 1-guruh nogironi ekanligi aytib, uni nogironlik gruppasiga chiqarishda yordam so‘radi.

Har ikkala masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-12 17:11:25

ЎзЛиДеП ишчи гуруҳларининг ҳудудларда аҳоли муаммоларининг ижобий ечим топишидаги хизматлари таҳсинга лойиқ албатта. Бу эса ўз навбатида партиямизга аҳолини ишончини янада ортишига сабаб бўлади.


Б.Юлдашев. O`zLiDeP Навоий вилояти Кичик бизнес ва фермерлар билан ишлаш бўлими2018-09-12 17:07:10

Вилоят марказидан узоқ чўл ҳудудда жойлашган туманларимиздан бири бўлган Томди туманидаги “Актау” ва “Шиели” ОФЙ ҳудудларида O‘zLiDeP фаолларидан иборат ишчи гуруҳ аъзоларининг 100 дан ортиқ аҳоли хонадонларида бўлиши уларнинг ўйлантираётган муаммоларини ечимини топишдаги иштироки партиямига бўлган ишончини янада мустаҳкамламоқда.


Исаева Умида O'zLiDeP Андижон вилоят Кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири 2018-09-12 16:56:04

O‘zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши аппарат ходимлари амалий, натижали ишларда чарчаманг.


Fikringizni qoldiring

+