O‘zLiDeP vakillari Yakkasaroy kichik sanoat zonasi faoliyatini o‘rgandi
12.09.2018, 20:21

Mamlakatimizni rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturlari hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan maqsad vazifalar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlar yo‘lida g‘ov bo‘layotgan to‘siqlarni bartaraf etish orqali joylarda tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida bugun O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimlaridan iborat ishchi guruh vakillari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan kichik sanoat zonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Olib borilgan o‘rganishlar davomida “Yakkasaroy kichik sanoat zonasi”dagi tadbirkorlik sub’ektlariga tashrif uyushtirilib, ish jarayonlari, kichik sanoat zonasida ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
—Bugungi kunda mamlakatimizda qo‘g‘irchoq ishlab chiqaradigan bitta korxona bor. Ular qo‘g‘irchoqning faqatgina tana qismini ishlab chiqarishadi, - deydi “BABY TOYS GARDEN” MChJ rahbari Gafurov Botir. —Biz xorijdan qo‘g‘irchoqning nafaqat tana qismi balki bosh qismini yasaydigan uskuna olib kirdik. Agar mazkur uskunani o‘rnatib, ishni boshlasak, tayyor qo‘g‘irchoq ishlab chiqarib, qo‘shni davlatlarga eksportni yanada kengaytirishga erishamiz. Biroq, hozirda bu ishlarni amalga oshirish uchun bizga joyimiz torlik qilyapti. Joriy yilning boshida Kichik sanoat zonasi rahbariyati, shahar hokimiyatiga murojaat qildik, ammo bo‘sh joy yo‘q, degan javob berishdi. Va holangki, seximizning orqa tomonidan bo‘sh yer maydoni bor. Agar bizga shu joyni berishsa, o‘zimiz bino qurib, sharoitimizni yaxshilab olar edik.
Tadbirkorning murojaati yuzasidan ishchi guruh vakillari direksiya rahbariyatiga murojaat qildi va hozirgi kunda direksiya hududida qo‘yilgan talablar asosida ishlamayotgan 7 ta korxonaning ijara shartnomalarini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini, agar shartnomalar bekor qilinsa, tendir asosida tadbirkor joyga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritish mumkinligini bildirdi.
O‘rganishlar paytida joy masalasi, mahsulotlarni sotuvga chiqarish, ishchilarning qo‘nimsizligi, uzoqdan qatnab ishlaydigan ishchilarga qulaylik yaratish uchun yotoqxona qurish kabi o‘ndan ortiq masalalar ko‘tarildi. Partiya deputatlik korpusi vakolatlaridan foydalangan holda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish orqali muammolarni hal etishga kelishib olindi va qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan takliflar Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasiga taqdim etiladigan bo‘ldi.
Toshkent shahri bo‘ylab o‘rganishlar davom etadi. Bizni kuzatib boring, aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan tayyorlangan maxsus reportajlarni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Fikringizni qoldiring