O‘zLiDeP ishchi guruhi xalqobodlik M.O‘sarovga imtiyozli kredit olib berishda ko‘maklashadi

13.09.2018, 16:22

O‘zLiDeP ishchi guruhi xalqobodlik M.O‘sarovga imtiyozli kredit olib berishda ko‘maklashadi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiya Toshkent  viloyat Kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh “Obod qishloq” dasturi doirasida Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Xalqobod” mahallasi ahli bilan muloqot o‘tkazdi. 3000 dan ziyod kishi istiqomat qilayotgan mazkur mahalla “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan. Uchrashuv davomida ishchi guruhga 10 ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Masalan, shu hududda yashovchi Muhiddin O‘sarov bo‘sh turgan 5 sotixlik yer maydonida issiqxona tashkil etmoqchi ekanini aytib, imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘radi. Partiya faollari esa fuqaroga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kredit olishda ko‘maklashadigan bo‘ldi.

Ta’kidlash kerak, “Xalqobod” tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha viloyatimizning eng oldi mahallalardan biri. Xalqobodliklar yetishtirayotgan lavlagi, sabzi, karam va boshqa poliz ekinlari viloyat dehqon bozorlarida ancha xaridorgir.   

O‘zLiDeP Toshkent  viloyat Kengashi

 matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    963
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+