O‘zLiDeP rahbari kitoblik tadbirkor va fermerlar bilan uchrashdi
13.09.2018, 19:11

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Aktam Xaitov Kitob tumanidagi tadbirkorlar, fermerlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tumandagi tadbirkorlar, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat, tuman Kengashi faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Abdusalom O‘roqov dala shiyponida o‘tkazilgan ochiq muloqotda O‘zLiDeP rahbari A.Xaitov partiya oldida turgan ustuvor vazifalar, uning jamiyatdagi o‘rni va roli, partiya g‘oyalarini aholi orasiga keng targ‘ib qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, muloqotlar chog‘ida tomorqadan samarali foydalanish, issiqxona barpo etish, to‘qsonbosti ekinlarini eksport qilish tizimini yo‘lga qo‘yish, investorlar ishtirokida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida master klasslar tashkil etish borasida zarur tavsiyalar berdi.
Ta’kidlash kerak, tashrif davomida O‘zLiDeP rahbari A.Xaitov “Denov” qishlog‘ida istiqomat qilayotgan Xolmaxmat Axatqulov xonadonida bo‘lib, 500 tonna qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan sovitgich omborini ko‘zdan kechirdi. Tadbirkorning faoliyatini yanada kengaytirishda yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatdi, partiya har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Bildirilgan fikrlar
ШЕРАЛИ2018-10-02 19:11:32
албата бу фикрларга кушилган холда яна бир нарсага этибор каратишни сурардим ? ........
Эшниёзов Муҳаммад, O`zLiDeP Навоий вилоят кенгаши аппарат раҳбари2018-09-14 15:11:59
Партия раҳбарининг энг қуйи тизимга тушиб партия ғояларини тарғиб этаётганлиги, ўзининг бой, илмий тажрибаси билан ўртоқлашаётганлиги негизида партиянинг вилоят ва туман кенгашлари ходимларини ўз фаолиятларида шижоатни яна ҳам кучайтиришини англатади, назаримда
Қўчқоров Бехзод Исомддинович 2018-09-14 09:26:39
Раисимиз бошчилик қилаётган ишчи гурухлардаги барча ходимларнинг фаолиятига доим омад тилайман.
Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-09-14 08:13:41
Партиямиз ташаббуси билан партия фаолларидан тузилган ишчи гурух аъзоларининг асосий максадларидан бири тадбиркорлик сохасини кенгайттиришга амалий ердам килиш бу борадаги муоммаларни урганиш ва албатта ердам килиш. Маколалардан куриниб турганидек жойларда куплаган масалаларга шу жойларнинг узидаек ердам килинмокда. Бу ишларнинг барчаси халкимизнинг фарованлигини таъминлашга каратилган