Chortoq tuman tibbiyot birlashmasidagi a’zolarimiz safi kengaydi

14.09.2018, 17:53

Chortoq tuman tibbiyot birlashmasidagi a’zolarimiz safi kengaydi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi hamda partiya faollaridan tuzilgan ishchi guruh Chortoq tuman tibbiyot birlashmasidagi BPT a’zolari va muassasa xodimlari bilan amaliy muloqot tashkil etdi.

Muloqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar, “Yoshlar – kelajagimiz” hamda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga va har bir oilaga imtiyozli kreditlar ajratish tartibi tushuntirib berildi.

– Quyi tuzilma a’zolari va  faollari uchun bunday tadbirlar juda zarur, – deydi BPT yetakchisi Ibrohim Xolmatov  – Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va unda partiyamizning roli qay darajadaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni partiya a’zolari va safimizga qo‘shilishni istovchilarga  yetkazishda bu kabi muloqotlarning o‘rni muhim. Chunki ular amalga oshirilayotgan islohotlarda partiyaning roli qay darajada ekanini bilishlari kerak.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri natijasida BPT a’zolari safi 7 taga ko‘paydi.

A.Rahmonov,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi STM rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1058
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+