O‘zLiDeP tadbirkorlikka qiziquvchi andijonlik yoshlar uchun besh kunlik o‘quv tashkil qildi

14.09.2018, 17:58

O‘zLiDeP tadbirkorlikka qiziquvchi andijonlik yoshlar uchun besh kunlik o‘quv tashkil qildi

O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar, ayniqsa, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar uchun biznesni yuritish, biznes-rejalarni ishlab chiqish va mazkur yo‘nalishdagi qonunchilik asoslarini o‘qitish, tadbirkorlarga investitsion loyihalarni jalb etishga hamda ularni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va farmoyishlarni elektorat vakillariga yetkazish maqsadida besh kunlik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda “Yoshlar kelajagimiz”, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan uch yil muddatda bir yil imtiyozli davr bilan berilayotgan kreditlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

- Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik muhitini yaxshilash, ularga shart-sharoit yaratish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga ilgari surish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda tadbirkorlarning noqonuniy manfaatlarini himoya qilish sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, - deydi Andijon tumani Davlat xizmatlar agentligi rahbari D.Kurbonaliyev. - “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlanlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 fevral 2017 yildagi Qarori ijrosi yuzasidan tumanda iqtisodiy rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishilganiga qaramay, ayrim mulkdorlarning qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalana olishga noqobilligi sababli hamon ularning soni ancha miqdorda saqlanib kelmoqda. Ayni muammo yechimi yuzasidan mashg‘ulotlar davomida tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar, ishbilarmonlar, mulkdorlar uchun tavsiyalar berildi.

Shuhratbek Bozorov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi huzuridagi

 Siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1078
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+