“Qo‘shrabot Omad Nur” MChJda O‘zLiDePning boshlang‘ich tashkiloti faoliyat boshladi

14.09.2018, 18:17

“Qo‘shrabot Omad Nur” MChJda O‘zLiDePning boshlang‘ich tashkiloti faoliyat boshladi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat va Qo‘shrabot tuman Kengashi xodimlari “Qo‘shrabot Omad Nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv jarayonida partiya faollari tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirdi. Shuningdek korxona xodimlariga partiyaning dasturiy maqsad vazifalari, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi partiyaning olib borayotgan ishlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

- Korxonamizni tashkil etganimizga bir oydan oshgan bo‘lsada, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizga talab katta, - deydi  “Qo‘shrabot Omad Nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Bohodir Shodiyev. - Korxonamizda 25 turdagi konditer mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mazkur korxonani tashkil etish orqali 12 ta yangi ish o‘rni yaratdik.

Tadbirda korxona xodimlari tomonidan partiya a’zoligiga kirish istagini bildirgan 12 nafar korxona xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilinib,  partiyaning boshlang‘ich tashkiloti tuzildi. 

Qodir Shoyimov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1076
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+