Xo‘jaylida yana bir BPT ochildi

17.09.2018, 17:18

Xo‘jaylida yana bir BPT ochildi

O‘zLiDeP maqsad-vazifalarini joylarda targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuvlar davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri partiya Xo‘jayli tuman Kengashi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda partiya ustavi va Saylovoldi dasturidagi vazifalar mazmun-mohiyatini keng ommaga tushuntirish, quyi bo‘g‘inlar ishini yanada jonlantirish, partiya safini yangi a’zolar bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.

– Tumanimizda 1 ming 383 nafar safdoshimiz 57 ta boshlang‘ich tashkilotga birlashgan, – deydi O‘zLiDeP Xo‘jayli tuman Kengashi apparat rahbari A.Fazilov. – Aksariyat a’zolarimiz tadbirkor va fermerlardan iborat. Quyi bo‘g‘in yetakchilarining siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida doimiy ravishda o‘quv-seminarlar tashkil etib kelyapmiz.

Tadbir davomida Xo‘jayli tuman suv tarmoqlari korxonasi qoshida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    919
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+