Joriy yilda Sho‘rchida 355 ta yangi ish o‘rni yaratildi

17.09.2018, 17:20

Joriy yilda Sho‘rchida 355 ta yangi ish o‘rni yaratildi

Bu haqda Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda deputatlar tuman Iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i T.Qulturayevning  hisobotini eshitdi.

– Joriy yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi hamda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar evaziga 107 ta loyixa amalga oshirildi, – deydi T.Qulturayev. –Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun 27 mlrd 34 mln. so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi va loyiha doirasida 355 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman Investitsiya bo‘limi boshlig‘i Sh.Komilovning hisoboti tinglandi.

–Joriy yilda hududni kompleks rivojlantirish dasturiga ko‘ra investitsiyani rivojlantirish va qo‘shimcha daromadlarni shakllantirish maqsadida 171 ta loyiha ishlab chiqildi, – deydi Sh.Komilov. – Mazkur loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun 102 mlrd. 049 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.  

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

                                                    O‘ktam QORABOYEV,

                                           O‘zLiDeP Sho‘rchi tuman Kengashi

ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1139
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+