“Chuya marvaridi”da BPT ochildi

18.09.2018, 18:26

“Chuya marvaridi”da BPT ochildi

O`zLiDeP ishchi guruhi “Obod qishloq” dasturi doirasida Nurota tumanidagi “Chuya” va “Istiqlol” MFY hududi aholisi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etgan edi.  

– “Inson borki uning o‘ziga yarasha muammosi bo‘ladi, – deydi Chuya MFY raisi I.O‘tashev. – O`zLiDeP ishchi guruhi tomonidan mahallamizdagi mavjud muammolar yechimi borasida sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlayman. Ishchi guruh tomonidan mavjud muammolarga aloqador bo‘lgan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarildi. Ishga joylashish istagida bo‘lgan fuqarolardan 25 nafari “Bandlik markazi” hamda “Chuya” mahalla fuqarolari yig‘ini bilan hamkorlikda tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasiga ishga qabul qilindi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida bankdan kredit olish istagini bildirgan 4 nafar fuqaroga kreditlar ajratildi.  

– Bir necha yildan beri tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, – deydi “Chuya marvaridi” xususiy korxonasi rahbari, yosh tadbirkor Muhabbat Rahimova. – Qishlog‘imizda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar barchamizni birdek quvontiradi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining qishlog‘imizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tadbirkorlarga kredit ajratilishi borasidagi ishlarini ko‘rib partiyaga qiziqishim yanada ortdi. Tikuv seximizdagi qizlar bilan maslahatlashib ushbu partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdik. “Chuya marvaridi” boshlang‘ich partiya tashkilotini tuzib, tikuv seximizda partiya burchagini tashkil etdik.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2468
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-09-19 09:47:46

Нуроталик ҳамкасбларимиз ташаббуслари билан "Чуя" қишлоғида яна бир бошланғич партия ташкилоти очилганлиги ҳаммамизни қувонтиради албатта. Сафимиз қанчалик кўпайса биз мамлакатимизда сиёсий куч сифатида ўз мақсадларимизга кенгроқ ва самаралироқ ёндошиб электоратимиз учун кўпроқ имкониятларга эга бўламиз.


Fikringizni qoldiring

+