O‘zLiDeP o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lganlarga ko‘makdosh

20.09.2018, 09:29

O‘zLiDeP o‘z biznesini boshlamoqchi  bo‘lganlarga ko‘makdosh

Bundan 20 kun avval O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Konimex tumanidagi “Sho‘rtepa” MFY aholisi bilan uchrashgan edi.

Suhbat va muloqotlar davomida hududdagi “Shodibek” qishlog‘ida yashovchi Baxriddin Erboyev turmush o‘rtog‘i o‘z tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytib, imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘ragan edi.

Muloqotdan so‘ng ushbu masala yuzasidan xalq noibi R.Bektayeva tomonidan ATB Agrobank Konimex tuman filialiga so‘rov yuborildi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay muammo hal bo‘ldi, uning oilasiga tikuvchilik bilan shug‘ullanishi uchun tikuv mashinasi ajratilib berildi.

Ayni shu uchrashuvda qoramol sotib olish uchun kredit olishda amaliy yordam so‘ragan Ilyos Mixliyevning murojaati ham ishchi guruh tashabbusi bilan ijobiy yechim topdi. Fuqaroga imtiyozli ravishda kredit ajratilib berildi. Hozir I.Mixliyev tadbirkorlik faoliyatini boshlab yubordi. 

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    969
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қўчқоров Бехзод Исомиддинович Навоий вилоят кенгаши2018-09-20 09:39:59

Фуқароларимиздан келиб тушган муаммоларини ижобий томондан ечимини топиб бораётганлигидан нафақат аҳоли қувончи чексиз балки депутатларимизнинг келгусидаги фаолиятига шижоат бағишлаши айни бор гап..


Fikringizni qoldiring

+