O‘zLiDeP mulkobodlik 6 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olib berdi

20.09.2018, 17:21

O‘zLiDeP mulkobodlik  6 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olib berdi

Mingbuloq tumani Mulkobod MFYda yashovchi Muhammadjon Husanov tomorqasidagi har bir qarich yerdan unumli foydalanib,  dehqonchilik orqali topgan daromadiga ro‘zg‘or tebratib kelmoqda.        

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruhning mazkur MFY aholisi bilan muloqoti chog‘ida M.Husainov o‘z hovlisida issiqxona tashkil etmoqchi ekanini aytib, partiya faollaridan imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘ragan edi.

Mazkur murojaat bo‘yicha Xalq deputatlari Mingbuloq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari S.Xodjamov “Xalq  banki” tuman filialiga so‘rov yubordi.  Natijada oradan biroz vaqt o‘tib, ushbu masala o‘z yechimini topdi.

– Partiya faollari va deputatimiz yordami bilan imtiyozli kredit oldik. Endi tomorqamizdagi 3 sotix yerda issiqxona tashkil etib, pomidor ekamiz, – deydi M.Husainov. – Eng muhimi, farzandlarim ishli bo‘lib, mehnat qilishni o‘rganadi.

Ta’kidlash kerak, ishchi guruh tashabbusi bilan M.Husainovdan  tashqari yana 6 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratildi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1025
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқоравеа Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-21 11:53:31

Ҳозирги кунда ўз томорқасидан унумли фойдаланиб оиласига даромад олиб келаётган оилалар сони тоборо кўпаймоқда. Томорқа даромад манбаи. Наманганлик депутатларнинг сайи-ҳаракати билан оилаларга имтиёзли кредитлар олишда кўмак берилаётганлиги халнинг партиямизга ишончини ортишига сабаб бўлади албатта.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-09-21 11:50:08

O‘zLiDeP фаолларидан иборат ишчи гуруҳнинг тадбиркорлик йуналишини ривожлантиришдаги амалий ердамлари партиямизнинг жамиятимиздаги обрусини оширади ва халкимизнинг ишончи ортади. Барча партиядошларимзга куч кувват тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+