Xivalik tadbirkor mahsulotlari boltiqbo‘yi davlatlariga eksport qilinadi

20.09.2018, 17:26

Xivalik tadbirkor mahsulotlari boltiqbo‘yi davlatlariga eksport qilinadi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ustoz-shogird an’analari – hunarmandchilikni rivojlantirishning muhim asosidir” mavzuida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda hunarmandlar soliq organlari bilan vujudga kelayotgan muammolar, imtiyozli kredit olishda bank xodimlarining ovora qilishlari, kredit olishda garov masalalari haqida fikr bildirdi.

–O‘tgan yili Hunarmandlar uyushmasi a’zolari soni 110 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning 8 oyi davomida ular 305 nafarga yetdi,  – deydi Xiva shahar va tuman Hunarmandlar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Maryamjon Aminova. – Hozirda hunarmandchilikning yo‘qolib borayotgan 34 ish faoliyat turlarini qayta tiklash maqsadida viloyatlardan hunarmandlar taklif qilinmoqda. Qolaversa, yaqinda Ichan qalaning Ollaqulixon karvon saroyi ichida hunarmandlar markazi ham tashkil qilindi.

Amaliy muloqotdan so‘ng ishtirokchilar “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan Gilamchi mahallasida yangi tashkil etilgan “Xiva oltin tuproq” xususiy korxonasiga qarashli tikuvchilik tsehi faoliyati bilan tanishdi.

Surayyo Jumaniyazova rahbarlik qilib kelayotgan mazkur sex 2016 yilda tijorat bankining 50 mln. so‘mlik krediti evaziga tashkil etilgan. Ayni chog‘da sexda yotoq anjomlari, erkaklar uchun kostyum-shimlar, ayollar liboslari, maktab formalari, yostiq-jildlar hamda choyshablar ishlab chiqarilmoqda.

–O‘tgan yili 80 mln so‘m miqdoridagi mahsulotlarimizni ichki bozorga topshirgan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 180 mln so‘mlik shartnoma bajardik, – deydi S.Jumanyazova. –Yil ohiriga qadar esa 400 mln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.

Ta’kidlash kerak, yosh tadbirkor yaqinda boltiqbo‘yi davlatlari Estoniya, Latviya, Litva davlatlari bilan 75 ming dollarlik shartnoma qilishga ham ulgurdi. Shu yilning oktabr oyidan boshlab mahsulotlar eksportga chiqariladi.

Sayyora MAShARIPOVA,

O‘zLiDeP Xiva shahar Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1363
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-21 11:43:06

Хивалик тадбиркорларнинг ҳунармандчилик маҳсулотларида миллийлигимиз акс этганлиги билан кишини диққатини жалб этади. Ўзбекнинг миллий матоларидан тикилган либослар ҳамда боқа буюмлар чет давлатларда ҳам харидоргир бўлишига ишонаман. Тадбиркорларга омад тилайман.


Рахманова Гульнара КР тахтакупир туман Кенгаши 2018-09-21 11:42:35

O‘zLiDeP Хоразм вилоят Кенгаши тамонидан утказилган “Устоз-шогирд анъаналари – ҳунармандчиликни ривожлантиришнинг муҳим асосидир” мавзуисидаги очиқ мулоқот номидан куриниб турганидек шу соханаи кенгдан ривожлантиришни максад килган холда уларнинг эркин харакатланишидаги тусикларни бартараф килишда амалий ердамлар курсатишдан иборат


Fikringizni qoldiring

+