O‘zLiDeP rahbari Olot tumanidagi “Narzioyim” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

22.09.2018, 16:21

O‘zLiDeP rahbari Olot tumanidagi “Narzioyim” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Aktam Xaitov Olot tumanidagi partiya elektorati bo‘lgan fermerlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida paxta-yig‘im terimi boshlanib, dehqonlarimiz o‘zlari yetishtirgan oq oltinimizni nes-nobud qilmasdan terib olishga astoydil harakat qilishmoqda. Tumandagi tashrifi davomida O‘zLiDeP rahbari A.Xaitov “Narzioyim” fermer xo‘jaligi dala sheyponida bo‘lib, fermerning paxta dalasini ko‘zdan kechirdi, paxtani o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan terib olishda o‘zining maslaxatini berib o‘tdi.

O‘zLiDeP rahbari suhbat jarayonida tuman hokimligidan bir guruh mutassaddilarga keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng, paxta yig‘im-terim mavsumida aholining majburan terimga jalb qilinishini oldini olish, terimchilarni sog‘-salomat borib kelishlari, ularning ovqatlanish me’yorlarini to‘g‘ri  ta’minlash hamda terimchilarning ish haqini o‘z vaqtida berish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Ta’kidlash kerak, tashrif davomida O‘zLiDeP rahbari A.Xaitov fermer xo‘jaligi faoliyatini yanada kengaytirishda yo‘l-yo‘riqlar berdi. Partiyamiz fermerlarning huquqlarini qonun doirasida himoya qilishda har doim tayyor ekanligini bildirdi.

Shamshod Jafarov

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1412
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат рахбари2018-09-24 09:44:55

Шу кунларда республикамизнинг барча ҳудудларида пахта-йиғим терими бошланиб, деҳқонларимиз ўзлари етиштирган оқ олтинимизни нес-нобуд қилмасдан териб олишга астойдил ҳаракат қилишмоқда.O‘zLiDeP раҳбари мамлакатимизда қишлоқ хўжалигини ривожлантириш борасида кенг кўламли ислоҳотлар амалга оширилаётганини алоҳида таъкидлади. Партиямиз фермерларнинг ҳуқуқларини қонун доирасида ҳимоя қилишда ҳар доим тайёр туришимиз керак


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-24 08:39:16

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси раиси, Ўзбекистон фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари Кенгаши раиси вазифасини бажарувчи Актам Хаитов барча партия электорати бўлган фермерларнинг эркин харакати учун кулайликлар яратишни ва хар тамонлама куллаб кувватлашни бош максадларимиздан эканлигини айтиб утди, шу бойс улар тамонидан кутарилган муоммаларни атрофлича бартараф килиш оркали амалий ердам килишимиз лозим уларнинг манфаатларини конун доирасида ҳимоя қилишда ҳар доим тайёр туришимиз керак


Fikringizni qoldiring

+